• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Muhandislik maktabiga tinglovchilar saralanayapti

25 May 2023, 8:20 2250

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash shuningdek, joriy yilning 10-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida OKMKda muhandislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha muhandislik maktabi tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

23-may kuni doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Komissiya tomonidan mazkur maktabga tinglovchilarni qabul qilish uchun suhbat tashkil etildi. Metallurgiya, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanika yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan suhbat davomida nomzodlardan eng munosiblari saralab olindi.

O‘quv davrida ularning o‘rtacha oylik ish haqlari saqlanib qolinadi.

Ma'lumot uchun: mazkur maktabda geologiya, marksheyderlik ishi, konchilik ishi, boyitish, metallurgiya, mexanika, energetika, kon sanoati transportlari, avtomatlashtirish kabi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar o‘qitiladi.

Nazariy ta'lim yangi pedagogik texnologiyalar asosida amaliyotga yondashgan holda tashkil etiladi. Muhandislik maktabida mutaxassislar 6 -10 oy muddatda qayta tayyorlanadi. Bir o‘quv kursiga 150 nafar tinglovchilar qabul qilish rejalashtirilgan.

O‘quv yakuni bo‘yicha tinglovchilarning barchasi o‘z yo‘nalishilari bo‘yicha mas'ul lavozimlarga tayinlanadi.

Ta'lim 40% (nazariy)/60% (amaliy) shaklda tashkil etiladi. Muhandislik maktabida metallurgiya va konchilik sanoati sohalarida mutaxassislar tayyorlanadi. Amaliyot jarayonlari so‘ngi texnologik qurilmalar yordamida o‘tkaziladi.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki mazkur maktabda tinglovchilarga darslarni dunyoning sanoati rivojlangan davlatlari olimlari va o‘qituvchilari o‘tishadi.

Maktabga tinglovchilarni qabul qilish davom etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech