"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi keng muhokama etilmoqda. Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini ishchi-xodimlarga yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilayapti.
Jumladan, kuni kecha Qalmoqqir kon boshqarmasi mehnat jamoasi uchun tashkil etilgan tadbir davomida mas’ullar tomonidan Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar, iqtisodiy islohotlar, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yoshlarning mehnat jarayonidagi faolligi va mas’uliyatini kuchaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish doirasida Qalmoqir kon boshqarmasi Yoshlar ittifoqi kengashining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilindi. Hisobotda yil davomida o‘tkazilgan ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, intellektual loyihalar hamda yoshlar bilan tizimli ishlash borasida erishilgan natijalar alohida qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faolligini yana-da oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Bu kabi tadbir Xondiza kon boshqarmasida ham o‘tkazildi.
Korxona kasaba uyushmasi, Yoshlar ittifoqi hamda xotin-qizlar va gender tengligi maslahat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ham Murojaatnomaning mazmun-mohiyati ishchi-xodimlarga batafsil tushuntirildi.
Bundan tashqari, ishchi-xodimlarni qiziqtirgan masalalar tinglanib, bir qator masalalar joyida mas’ullar ishtirokida bartaraf etildi.
Yig‘ilish davoida xotin-qizlar va gender tengligi maslahat kengashi raisining 2025-yilda amalga oshirgan ishlari hisoboti ham tinglanib, 2026-yil uchun tuziladigan ish rejasiga ishchi xodimlarning taklif va murojaatlari tinglandi.
Axborot xizmati