• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK gandbolchilari 8-marotaba O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritishdi

30 Noyabr 2023, 15:30 527

Bugun OKMK sport majmuasida gandbol bo‘yicha oliy liga jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining bu yilgi mavsumi yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Haydarov so‘z olib, bugungi kunda kombinatda sportga qaratilayotgan e'tibor va uning natijasida erishilayotgan yutuqlar haqida to‘xtalib, musobaqa g‘oliblarini samimiy muborakbod etdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston chempionati ayollar o‘rtasida oliy liga jamoalari g‘oliblari taqdirlandi. Bu yilgi mavsumda poytaxt jamoasi mamlakat chempionligini qo‘lga kiritib, oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

Murabbiy Vladimir Mo‘minov boshchiligidagi OKMK ayollar gandbol jamoasi esa 33 ochko bilan chempionatda 2-o‘rinni egallab, kumush medallar shodasiga ega chiqishdi.

Samarqandlik gandbolchi ayollar jamoasi 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Erkaklar jamoalari o‘rtasidagi bahslarda murabbiy Hasan Qayumov boshchiligidagi OKMK jamoasi 48 ochko jamg‘argan holda 8-marotaba O‘zbekiston chempionligini o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi. Poytaxtlik va Xorazmlik gandbolchilar 2- va 3-o‘rinlarni egallashdi.

Taqdirlash marosida g‘oliblarga medallar va qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.

Ma'lumot uchun: OKMK gandbolchilari hisobida 9 karra O‘zbekiston kubogi sohibi, 8 karra O‘zbekiston mustaqilligi kubogi egasi kabi yutuqlar bor. Shuningdek, ular joriy yilning iyul' oyida Italiyaning Teramo shahrida o‘tkazilgan 50th Interamnia World Cup musobaqasida ham g‘olib bo‘lishgan.

Shuningdek, gandbolchi ayollarimiz hisobida 13 karra mamlakat chempionligi, 13 karra O‘zbekiston kubogi, 11 karra O‘zbekiston mustaqilligi kubogi, 2 karra Janubiy-Sharqiy Osiyo chempionligi hamda Osiyo chempionligi kabi yutuqlar bor.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech