• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: Ingichka boyitish fabrikasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi

23 Fevral 2024, 9:46 1604

OKMK tomonidan Samarqand viloyatidagi Ingichka volfram konining 19,0 mln tonnadan ziyod texnogen chiqindilarni qayta ishlash loyihasining II bosqichi amalga oshirilmoqda. II bosqichda Ingichka koni texnogen chiqindilaridan yiliga 185 tonna volfram konsentrati ajratib olish imkoniyati mavjud. Mazkur loyihani amalga oshirish hisobiga hududda qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratiladi. E'tiborlisi, 185 tonna volfram konsentrati ajratib olinib, undan 43,2 tonna volfram shtabiklarni ishlab chiqarish va 3,6 mln dollarlik yangi turdagi mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi. Hozirgi kunda mazkur loyihaning ishchi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Qurilish va ta'mirlash ishlari bo‘yicha smeta hujjatlari rasmiylashtirilayapti. 9 turdagi 43 dona yangi texnologik uskunalari xarid qilindi. «Ingichka Tajriba texnologiya ekspeditsiyasi» hududida mazkur ishchi loyiha doirasida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

II bosqich ishga tushishi natijasida «Ingichka Tajriba texnologiya ekspedisiyasi» hududida yana bitta boyitish fabrikasi o‘z faoliyatini boshlaydi.

Ma'lumot uchun: 2022 yilda ushbu loyihaning I bosqichi amalga oshirilib, Ingichka boyitish fabrikasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fabrika to‘liq raqamlashtirilgan. O‘sha yili kombinat mutaxassislari tomonidan Respublikada ilk marotaba volfram tarkibli texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi sanoat miqyosida yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 82 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi va kombinatning o‘z mablag‘lari hisobidan 0,4 mln dollar investitsiya o‘zlashtirildi. Volfram tarkibli texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini joriy etish natijasida 2023 yilda 5,7 mlrd so‘mlik 100 tonna (o‘rtacha 28% WO3) volfram konsentrati olindi. Shuningdek, umumiy qiymati 1,8 mln dollarlik qo‘shimcha eksportbop 27 tonna volfram shtabiklari tayyorlandi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida volfram tarkibli 27,9 mlrd so‘mlik 36 tonna qattiq qotishmali kompozit mahsulotlari  ishlab chiqarildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech