Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ayni kunlarda ro‘yi zamin sayqali Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish" mavzusidagi II O‘zbekiston iqtisodiy forumida “Olmaliq KMK” AJ hamda qator kompaniya va banklar o‘rtasida shartnomalar imzolandi.
Jumladan Germaniyaning Helaba banki bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur hujjat “Olmaliq KMK” AJ va Metso Outotec kompaniyasi o‘rtasida Rux zavodida 6-sonli oltingugurt kislotasi sexini qurish bo‘yicha muhandislik xizmatlarini taqdim etish va uskunalar yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni Germaniyaning “Euler Nermes” eksport sug‘urtasi agentligi ostida moliyalashtirishni ta'minlash maqsadida tuzildi.
Imzolangan bitimning miqdori 67,3 mln. yevroni tashkil etib, 13 yilga 3 yillik imtiyozli davr bilan beriladi.
Shuningdek, forumda OKMK va Germaniyaning BASF konserni o‘rtasida ham hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur hujjat zamonaviy talablarga javob beradigan Germaniyaning BASF konserni tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy miqdori 998 042,40 yevrolik “04-111 Cc11x4 va 04-110 Cc11x4” markali vanadiy katalizatorlari xaridini amalga oshirish maqsadida imzolandi.
Bundan tashqari, forumda OKMK va Finlyandiyaning Metso Outotec kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolandi.
Ushbu memorandum OKMK negizida yangi metallurgiya majmuasini qurish uchun asosiy muhandislik ishlarini amalga oshirish maqsadida tuzildi.
Shuningdek, forumda OKMK, AGMK - “Deutsche Innovatsion” qo‘shma korxonasi va Germaniyaning “Menzel” kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, Chirchiq shahrida o‘rta va yuqori kuchlanishli elektrodvigatellar va elektrogeneratorlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi.
Forumda “Yoshlik-1” koniga uskunalar yetkazib berish bo‘yicha Germaniyaning TAKRAF kompaniyasi bilan ham memorandum imzolandi.
Forum doirasida OKMK rahbariyati hamda Trafigure PTE Ltd, Glencore International AG kompaniyalari, Hitachi kompaniyasi texnika vositalarini yetkazib beruvchi Eurasian Machinery dillerlik tashkiloti vakillari bilan hamkorlik muzokaralari o‘tkazildi.
Shuningdek, Landesbank HessenThiiringen Girozentrale, KfW, Coommerzbank, Barclays, Natixis, JP Morgan Chase kabi banklarning rahbar va vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.
Gustav Kilden, Metso Outotec kompaniyasi vitse prezidenti: Ikkinchi bora o‘tkazilayotgan xalqaro iqtisodiy forum biz uchun har tomonlama foydali bo‘ldi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va kompaniyamiz ko‘p yillardan buyon hamkorlik qilib keladi. Biz kombinatda barpo etiladigan yangi metallurgiya kompleksi qurilishida injiniring xizmatini ko‘rsatamiz. O‘ylaymanki hamkorligimiz davomiy bo‘ladi.
Andrey Rampel - Helaba bankining strukturaviy moliyalashtirish ijrochi direktori: Bugun xalqaro iqtisodiy forumda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan ilk bor 67,3 mln yevro miqdorida shartnoma imzoladik. Ushbu mablag‘ Germaniyadan kombinat uchun olib kelinadigan yuqori sifatli texnologik uskunalar xaridini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Kombinat bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarimiz bardavom bo‘lishiga ishonchim komil.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur ikkinchi xalqaro iqtisodiy forum OKMK uchun har tomonlama foydali bo‘ldi.
OKMK Axborot xizmati