Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 11-12 oktabr kunlari Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida Toshkent viloyati hokimligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida “Innovatsiya, mahalliylashtirish, kooperatsiya, “Shatakka olish”, importni qisqartirish” mavzusida Sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining o‘rinbosari Galina Saidova, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov ishtirok etishdi.
Tadbirda jami 300dan ziyod mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ulardan 62tasi o‘zlashtirilgan 1000dan ortiq o‘z mahsulotlarini aks ettiruvchi stendlari bilan ishtirok etishdi.
Shuningdek, kombinat tomonida import qilinadigan 2500 dan ortiq mahsulotlar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.
Bundan tashqari, kombinat quvvatlari asosida ishlab chiqarilayotgan 200dan oshiq mahalliylashtirilgan mahsulotlar, ilm fan va innovatsion texnologiyalar mahsulotlari ko‘rgazmasi ham taqdim etildi.
Yarmarka davomida B2B formatida uchrashuvlar tashkil etilib, unda OKMK texnik talablariga javob bera oladigan mahalliylashtirilgan mahsulotlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
2026-yilgacha mahalliylashtirish dasturi doirasida innovatsion loyihalar, ilmiy sohadagi ixtirolar, o‘zlashtirilgan mahsulotlar va mahalliylashtirilgan mahsulotlarning yangi turlarini chiqarish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
“Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida “Mashinasozlik zavodi”ni va OKMK bilan hamkorlikda barpo etilayotgan “Olmaliq quyuv-mexanika zavodi”ni qurilishi bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, yuk ortish quvvati 130 tonnadan 220 tonnagacha bo‘lgan kon avtosamosvalini “Nurafshon Maxsus Texnika” MChJ mahalliy ishlab chiqaruvchisi bilan ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha ham taqdimot o‘tkazildi.
Bundan tashqari, 2030-yilgacha yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun texnologik uskunalarga bo‘lgan ehtiyoj, yangi 3-mis va 4-mis boyitish fabrikalari hamda metallurgiya majmuasining kengayishi hisobiga kombinat ehtiyojlari to‘g‘risida ham ma'lumot berildi.
“Shatakka olish” mexanizmi bo‘yicha kombinat qo‘llba-quvvatlashi asosida bir qator mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yangi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi o‘zlashtiriladi.
Masalan, “Olmaliq quyuv-mexanika zavodi” MChJ tomonidan 36 turdagi mahsulot, “Nurafshon Maxsus Texnika” MChJ tomonidan yuk ko‘tarish quvvati 130 tonnadan 220 tonnagacha bo‘lgan kon avtosamosvalini ishlab chiqarish, “Deutsche innovationen technologie AGMK” MChJ tomonidan polimer va geokompozit mahsulotlar, “Ulug’bek Ferrum” MChJ tomonidan – ferromarganets va ferroxromli konsentratlar, “Quyoshcha Nuri” MChJ tomonidan esa – ekskovatorlar uchun KMD-200 zirhlari, ehtiyot qismlar, jamlanmalari ishlab chiqariladi.
Ta'kidlash joizki OKMKda Mahalliylashtirish dasturi ijrosi asosan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi hamda Rux zavodi tomonidan amalga oshiriladi.
2021-yilda mahalliylashtirish Dasturiga asosan 87ta loyiha doirasida 217,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja 134,6 foizga bajarilgan.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida mahalliylashtirish Dasturi doirasida 222,7 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlanib, reja esa 130%ga bajarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 149,7 foizni tashkil etdi.
9 oyda mahalliylashtirish Dasturiga qo‘shimcha ravishda joriy yilda 28,2 mlrd so‘mlik 11 ta yangi loyihalarning tarmoq jadvali tasdiqlanib ishlab chiqarish boshlandi.
- Bugungi kunda jami 32 ta yangi turdagi loyihalar bo‘yicha 49,0 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish amalga oshirildi: jumladan,“Qattiq qotishmali mahsulotlar - parma va keskichlar”, “Tosh maydalash tegirmoni qoplamasi”, “Yuqori haroratga chidamli keramik mahsulotlar”, “Volfram angidridi”, “Yanchish uskunasining zirhlari”, “Quyma mahsulotlar” va boshqalar. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, sanoat kooperatsiyasini aloqalarini rivojlantirish doirasida hamda import hajmini qisqartirish maqsadida jami 1,1 trln so‘mlik mahsulotlarni xarid etish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan, shundan kooperatsiya portali orqali jami 727,3 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi, deydi OKMK Mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i Dilshodbek Xoldaraliyev. - Import mahsulotlari hajmini maqbullashtirish bo‘yicha tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish natijasida hisobot davrida 65,2 mln dollarga import hajmlari qisqartirildi. Yil yakuniga qadar esa 88,1 mln dollarga qisqartirilishi kutilmoqda.
9 oyda oyida import hajmi 556,9 mln dollarga belgilangan bo‘lib, haqiqatda 375,0 mln dollarni yoki rejaga nisbatan 67 foizga bajarildi. Yil yakuniga qadar import hajmi 120,0 mln dollarga yetkazilishi kutilmoqda.
- Ilm-fanni ishlab chiqarishga integratsiyasi natijasida OKMKda bir qator yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishildi. Jumladan, 2019-yilda palladiy metallini, 2021-yilda esa reniy metallini sof holda olinishiga muvaffaq bo‘ldik, - deydi OKMK Fan va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i Mirzaahmad Ermanov.- Shuningdek, 2022-yil iyul oyida molibden metalli sof holda olindi. 2022-yilning iyul oyida esa platina metallini ishlab chiqarish texnologiyasi uchun mualliflik huquqi qo‘lga kiritildi. Bugungi kunda OKMK 7ta mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasiga oid mualliflik huquqini qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari, Prezidentning 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307 sonli qarorining ijrosini ta'minlash borasida OKMKda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, qaror bo‘yicha 2022-2024 yillar davomida 16ta 6 398,0 mln so‘mlik ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishi belgilangan bo‘lib, hozirda 3 783 mln so‘mlik 7ta ilmiy-tadqiqot shartnomalari imzolandi.
2022-2026 yillar mobaynida 6ta 6500,0 mln so‘mlik “drayver” innovatsion loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Shuningdek, qarorda 2022-2023 yillar mobaynida respublikamizning tadqiqot institutlari tomonidan amalga oshiriladigan 9 459,4 mln so‘mlik innovatsion tadqiqot ishlarini boshqa korxonalar bilan birgalikda moliyalashtirish ishlari ko‘zda tutilgan. Hozirda 3 919,4 mln so‘mlik 9 ta ilmiy-tadqiqot ishlari moliyalashtirilgan.
Yarmarkada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan 326turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha 961,7 mlrd so‘mlik memorandumlar imzolandi.
Axborot xizmati