Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida sut mahsulotlarini iste'mol qilish uzoq yashash garovi ekanligini aytib o‘tgan. Sut mahsulotlarini doimiy va to‘g‘ri iste'mol qilish inson organizmida kalsiy muvozanatini ta'minlaydi. Aynan sanoat shaharlarida sut mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqori. “Olmaliq KMK“ AJ Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, sut tovar fermasi kombinat mehnatkashlari va shahrimiz aholisini sifatli sut va sut mahsulotlari bilan beminnat ta'minlab kelmoqda.
Ijodiy jamoamiz ana shunday vazifalarni bajarib kelayotgan bo‘linmada bo‘ldi.
Hozirda fermada jami 1147 bosh qoramol mavjud bo‘lib, ularning 466 tasini sog‘in sigirlar 681 tasini yosh buzoqchalar tashkil etadi.
Bir bosh sigirdan sutkasiga o‘rtacha 19-20 litrgacha sut sog‘ib olinadi. Natijada ferma bir kunda 6500 litr sut mahsulotini yetkazib bermoqda.
Fermada sog‘ilgan sut shu yerning o‘zidan qayta ishlash va qadoqlash sexiga yuboriladi. Sexda pasterizatsiyadan o‘tkazilib, qaymoq, smetana, yog‘, tvorog kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Tayyor sut mahsulotlari IMIChB savdo do‘konlari va bolalar bog‘chalariga yetkaziladi.
2023-yilda mehnat jamoasi tomonidan 2029 tonna sut ishlab chiqarilib, prognoz oshig‘i bilan bajarilishi ta'minlandi. Prognoz bo‘yicha 1909 tonna sut sog‘ib olinishi belgilangan edi.
Ta'kidlash kerakki, bu yerda qoramol parvarishining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, profilaktika ishlarining reja asosida vaqtida bajarilishi, nasl olish foizlarini o‘sishiga olib keldi. Prognoz bo‘yicha 322 ta buzoq olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 325 ta buzoq olindi.
Chorva mollari sifatli ozuqalarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi ham yuqori mehnat samaradorligini ta'minlamoqda.
Shuningdek, sut tovar fermasi tomonidan yangi yil bayrami arafasida arzonlashtirilgan oziq-ovqatlar yarmarkasiga sifatli go‘shtlar ham yetkazib berildi.
Yana shuni aytish joizki 2023-yilning noyabr oyida Sut-tovar fermasida ta'mirlash ishlari amalga oshirilib inshootlarning tom qismlari yangilandi.
Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasida sifat ko‘rsatkichlari birlamchi masala sanaladi. Shu bois hozirda fermaning rahbar xodimlari va veterinarlari tomonidan mahsulot ko‘rsatkichlarini oshirish va qoramol kasallanishi oldini olish bo‘yicha muhim vazifalar doimiy amalga oshirib kelinadi.
Bir so‘z bilan aytganda OKMK hamda shahrimiz aholisini sut va sut mahsulotlari bilan ta'minlab kelayotgan mo‘'jazgina fermada sifat va ishonch masalasi juda muhim.
Axborot xizmati