• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK tarkibiy bo‘linmalarida sport musobaqalari

26 Fevral 2024, 9:54 543

O‘tgan haftada kombinatning bir qator tarkibiy bo‘linmalarida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 75 yilligiga bag‘ishlanib, ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Mis eritish zavodi - armrestling

Jumladan, Mis eritish zavodi ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning armrestling turi bo‘yicha zavod birinchiligi tashkil etildi.

Zavod sport yo‘riqchisi Ikrom Asanbayevning ma'lum qilishicha, 75 kg vazn toifasida kuchli uchlikdan Zohid Qo‘shmatov(Energetika sexi), Ma'ruf Abdurazzakov(Metallurgiya sexi), Fahriddin Abdukarimov(Sulfat kislota sexi)lar joy olishdi.

75-90 kg vazn toifasda esa Odiljon Umarov(Misni elektroliz qilish sexi), Qudrat Qurbonnazarov(Enegretika sexi), Berdiali Najmiddinov(Nodir metallar ishlab chiqarish sexi)lar sovrinli o‘rinlari egallashdi.

90+ vazn toifasida esa Farrux Norinov(Emallangan mis simlar ishlab chiqarish sexi), Jonibek To‘laganov va Jahongir Mamadalievlar(Sulfat kislotasi sexi)ga teng keladigani topilmadi.

Avtomobil transport boshqarmasi  - stritbol

Bundan tashqari, Avtomobil transport boshqarmasi xotin-qizlari o‘rtasida sportning stritbol turi bo‘yicha boshqarma chempionati tashkil etildi.

ATB sport yo‘riqchisi Ramzjon Abdug‘aniyevning ma'lumot berishicha, chempionatda barcha jamoalardan ustu nkelgan holda Xo‘jalik ta'mir uchastkasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2-o‘rin esa 1-sonli  avtokorxona jamoasiga nasib etdi.

Boshqarma jamoasi 3-o‘rin bilan kifoyalandi.

Texnologik transport boshqarmasi - badminton

Texnologik transport boshqarmasi sport yo‘riqchisi Bahriddin Usvaliyevning ma'lum qilishicha boshqarma ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning badminton turi bo‘yicha musobaqa tashkil etilgan.

Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan musobaqada 4-sonli transport sexi jamoasiga teng kelidigani topilmagan.

2-o‘rinni esa Kon ishlarini mexanizatsiyasi sexi jamoasi egalladi.

3-o‘rin Texnologik transportlarni ta'mirlash sexi jamoasiga nasib etdi.

Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi- voleybol

Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida esa sportning voleybol turi bo‘yicha boshqarma chempionati o‘tkazildi.

ITIB sport yo‘riqchisi Fozil O‘rinboyevning ma'lumotiga ko‘ra, shiddatli bahslarga boy bo‘lgan chempionatda 3-bo‘linma jamoasi chempion bo‘lgan.

1-bo‘linma jamoasi esa ikkinchi o‘rinni egallagan. 4-bo‘linma jamoasiga 3-o‘rin nasib etgan.

Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi - stritbol

Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi sport yo‘riqchisi Farhod Usvaliyevning ma'lumotiga ko‘ra, boshqarma xotin-qizlari o‘rtasida sportning stritbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilgan.

Unda 11 jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Natijalarga ko‘ra, Sog‘lomlashtirish maskani jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 18- va 39-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan tashkil etilgan terma jamoa esa 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi. 35-sonli MTT jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Markaziy tahlil laboratoriyasi - darts

Markaziy tahlil laboratoriyasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sarvinoz To‘raqulovaning ma'lum qilishicha, ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning darts turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilgan.

Unda I.Soliqulov, Sh.Suyunov, S.Shohnazarovlar g‘oliblar safidan joy olishgan.

Elektr tarmoqlari boshqarmasi - shaxmat

Kombinat energetiklari esa aql gimnastikasi bo‘yicha musobaqalashishdi. Elektr tarmoqlari boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Rustam Mahmudovning ma'lum qilishicha, musobaqada g‘oliblikni Energota'mir sexi xodimi Munir Matazimov qo‘lga kiritgan.

Markaziy elektrotexnika laboratoriyasi xodimi Vyacheslav Pak esa faxrli 2-o‘rinni egallagan.

Energota'mir sexining yana bir vakili Nuriddin Xolmatov 3-o‘ringa munosib ko‘rilgan.

3-mis boyitish fabrikasi – stol tennisi

3-mis boyitish fabrikasi ishchi-xodimlari esa sportning stol tennisi bo‘yicha bahs olib borishdi.

Fabrika kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mohinur Alimovaning ma'lum qilishicha, musobaqada Chiqitlarni to‘plash sexi energetigi Rustam Rasulov barchadan ustunligini namoyon etib, g‘olib bo‘lgan.

Yanchish va flotatsiya sexining yanchish va gravitatsiyaviy boyitish bo‘limi boshlig‘i Tohir Ergashev 2-o‘rinni egalladi. Maydalash sexi konveyer mashinisti Abdurahmon Qo‘ziyevga 3-o‘rin nasib etdi.

Markaziy ta'mirlash mexnika zavodi – mini futbol

Markaziy ta'mirlash mexnika zavodining sport yo‘riqchisi Farrux Keldiyevning ma'lumotiga ko‘ra, zavodda muhandis-texnik xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha ochiq turnir tashkil etilgan.

Unda g‘oliblikni Mexanik yig‘uv sexi jamoasi qo‘lga kiritgan.

2-o‘rinni Maxsus texnikalar va avtomobillar ta'miri sexi egallagan.

Temirchilik payvandlash sexi jamoasi esa faxrli 3-o‘ringa munosib ko‘rilgan.

Barcha musobaqalarning g‘oliblari OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech