• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va Belarus hamkorligi

16 May 2022, 14:50 1942

Avval xabar berilganidek 2022 yil 13 may kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga Belarus davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich tashrif buyurdi.

OKMK rahbariyati hamda Leonid Marinich o‘rtasidagi samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuvda kombinat va Belarus davlati korxonalari o‘rtasida kelgusidagi istiqbolli hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

Yuqori martabali mehmon Qalmoqqir hamda Yoshlik-1 konlariga va yangi barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasiga ham tashrif buyurdi.

Shuningdek, Leonid Marinich OKMK boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari Sa'di Shermatov va Rustambek Sanaqulovlar hamrohligida Sut-tovar fermasiga hamda “Moviy tog‘lar” yozgi dam olish zonasiga ham bordi.

O‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida har ikki tomon o‘rtasida kelgusida Iste'mol mollari boshqarmasiga qarashli Sut tovar fermasida Belarus texnologiyasini qo‘llash hamda “Moviy tog‘lar” yozgi dam olish zonasiga ekologik toza zamonaviy yog‘och uylar korpusini yetkazib berish masalasi muhokama etildi.

Ushbu uylarning barcha ichki jihozlari esa to‘lig‘icha mamlakatimizda ishlab chiqariladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech