• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va Frayberg tog‘-kon akademiyasi hamkorligining yangi bosqichlari

25 May 2023, 9:38 1891

Ma'lumki Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Germaniyaning Frayberg tog'-kon akademiyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur hamkorlik aloqalari doirasida joriy yilning 17-may kuni Frayberg tog‘-kon akademiyasi Texnika Universiteti rektori Klaus Diter Barbknext tashrif buyurdi.

Tashrif davomida har ikki tomon o‘rtasida mutaxassislar o‘zaro almashinuvi, kombinat xodimlarining Frayberg konchilik akademiyasida magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olish bo‘yicha kelishib olindi.

Texnogen chiqindilarni qayta ishlab, foydali komponentlarni ajratib olish, hamda o‘ta yuqori qattiqlika ega bo‘lgan materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasini hamkorlikda yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Germaniya delegasiyasi Frayberg tog‘-kon akademiyasi Chili va Ispaniya ilmiy-tadqiqot konsorsiumga OKMK ilmiy markazlarini qo‘shilish taklifini bildirdi.

Shuningdek, Toshkent shahrida Frayberg tog‘-kon akademiyasi Texnika universitetiga tayyorlov kurslarini tashkil etishi va kelajakda Germaniyaning Saksoniya Respublikasidagi oliy ta'lim muassasalariga 400dan oshiq O‘zbekiston yoshlarini qabul qilish rejalashtirilayotganligi ma'lum qilindi.

“Olmaliq KMK” AJ qoshida tashkil etilayotgan muhandislar maktabining ta'lim jarayoniga Frayberg konchilik akademiyasi Texnika universiteti professor-o‘qituvchilarini onlayn jalb qilish hamda akademiyaning elektron ta'lim olish platformasidan foydalanish rejalashtirildi.

Bundan tashqari, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Frayberg tog‘-kon akademiyasi Texnika universiteti bilan 3+2 qo‘shma ta'lim dasturlari asosida ta'lim faoliyatini tashkil etishda ikki bosqichga ajratish zarurligi ta'kidlandi.

Shuningdek, bunda ikki oliy ta'lim muassasasi qo‘shma ta'lim dasturini ishlab chiqib birinchi bosqichini boshlashga kelishib olindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech