• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va ingliz kompaniyalari hamkorlik qiladi

08 Iyun 2022, 8:30 1972

Xabaringiz bor, 2022 yil 7 iyun kuni Toshkent shahrida Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbek-Britaniya Kengashining (UBTIC) navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Buyuk Britaniyaning Xalqaro savdo vaziri Mayk Freer boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.

E’tiborlisi, Buyuk Britaniya Xalqaro savdo vaziri Mayk Freer, Buyuk Britaniya elchixonasi missiya rahbari oʻrinbosari - Stiven Anderson, vazir kotibi Djuliana Rid, Buyuk Britaniya elchixonasi tijorat maslahatchisi Komila Hamidova, London Fond Birjasi xalqaro biznes rivojlanish boʻlimi rahbari Tom Attenboro, Buyuk Britaniya Eksportni Moliyalashtirish kredit agentligi va Standard Chartered bank xodimi Ozgur Kutaylardan iborat delegatsiya hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati oʻrtasida uchrashuv ham tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyati, shuningdek, amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy va istiqboldagi loyihalar, kombinat transformatsiyasi yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Oʻz navbatida Buyuk Britaniya Xalqaro savdo vaziri Mayk Freer Buyuk Britaniya Oʻzbekiston bilan iqtisodiy munosabatlarni qayta mustahkamlashni maqsad qilgani, buning uchun delegatsiya bilan tashrif buyurgani va elchixonada savdo munosabatlariga mas’ul yangi shtat kiritilgani haqida ta’kidlab oʻtdi. 

Xususan, togʻ-kon metallurgiya yoʻnalishida Britaniyada yaxshi tajriba shakllanganligi, mis boyitish fabrikasi va metallurgiya zavodini loyihalashtirishda ishtirok etishi, mavjud 2.5 mlrd funt sterling imtiyozli eksport kreditini Oʻzbekistonga, shu jumladan kombinat loyihalariga jalb etish (mablagʻning minimum 20%i Britaniyadan xarid qilingan tovar va xizmatlarga yoʻnaltirilishi), UK Export Finance kredit agentligi va Standard Chartered Bank bilan kredit jalb etishda hamkorlik oʻrnatish ta’kidlandi. Shuningdek, London Fond Birjasida mavjud barcha togʻ-kon metallurgiya kompaniyalarining 20%i oʻz qimmatbaho qogʻozlarini ayirboshlashi kabi mavzularda munozara olib borildi.  

Uchrashuvda OKMK bilan hamkorlik ishlarini jadallashtirish maqsadida ingliz kompaniyasi va konsultantlari jalb etilishi ta’kidlandi.

Janob Mayk Freer kelgusida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurishini ham bildirdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech