Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning yanvar oyida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, “Olmaliq KMK” AJ mutaxassislari Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universiteti (Nordic university) hamkorligida “EPSE OY” (Finlandiya) kompaniyasi bilan O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoati oqava suvlarini qayta ishlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan edi.
Muzokaralar natijasida OKMK Mis eritish zavodining oqava va Rux zavodining chiqindi suvlaridan namunalar laboratoriya tahlillari uchun Finlyandiya kompaniyasiga jo‘natilgandi. Laboratoriya sinovlari natijasida kompaniyaning yangi kimyoviy reagenti yordamida suv namunalari tarkibidagi metallar va boshqa elementlar miqdori sezilarli darajada kamaytirishga erishildi.
O‘zaro hamkorlik aloqalar doirasida navbatdagi uchrashuv joriy yilning 20-fevral kuni o‘tkazildi. Unda Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri o‘rinbosari Shaxlo Turdikulova, Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari hamda “Olmaliq KMK” AJ mutaxassislari Finlandiyaning Markaziy Osiyodagi favqulodda va Muxtor elchisi Ilkka Raysenyan, “EPSE OY” kompaniyasi bosh direktori Djon Yashkilaynenlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda “EPSE OY” kompaniyasi vakillari tomonidan oqava suvlar tahlili natijalari bo‘yicha taqdimot qilindi. OKMKda suvlarni tozalash bo‘yicha kichik quvvatdagi pilot loyihasini amalga oshirish taklifi ilgari surildi. Bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni kelishib oldi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi sanoat oqava suvlarining atrof-muhitga zararli ta'siri sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi.
Manba: mininnovation.uz
Axborot xizmati