"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va “Sanoat uchburchagi” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, 2024-yilning 19-21-noyabr kunlari shahrimizda o‘tkazilgan “Olmaliq KMK” AJ tomonidan import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish mavzusidagi “Sanoat uchburchagi” sanoat yarmarkasida OKMK, “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” MChJ hamda “Andijon mexanika zavodi” AJ o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanib, yo‘l xaritasi tasdiqlangan edi.
Mazkur yo‘l xaritasiga ko‘ra, bugungi kunda, “Andijon mexanika zavodi” AJda vagon-samosvalning kuzovi, pastki va ustki ramalari kabi asosiy qismlari ishlab chiqarilmoqda. “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” MChJda esa telejkalarning barcha asosiy qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan ehtiyot qismlar bo‘yicha barcha sertifikatlar olingan, texnik talablar to‘liq bajarilmoqda.
Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi mutaxassislari tomonidan jarayonlar doimiy nazorat qilinib, zarur tavsiya va takliflar berib borilayapti.
Kuni kecha OKMK Transport va logistika departamenti direktori Rustambek Sanakulov hamda STTB boshlig‘i Sirojiddin Manazarovlar “Andijon mexanika zavodi” AJda bo‘lishib, vagon-samosval ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirishdi. Mutaxassislarga zarur tavsiyalarni berishdi.
Shuningdek, “Andijon mexanika zavodi” AJda namuna vagon-samosval uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yakunlanib, vagonni yig‘ish ishlari amalga oshirilmoqda.
Vagon-samosvallar bugungi kunda OKMKda tog‘ jinslarini mis boyitish fabrikalariga yetkazib berishda asosiy transport vositasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, loyiha doirasida “Andijon mexanika zavodi” AJ tomonidan kombinatga 196 ta shunday vagon-samosvallar yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
E’tiborli jihati shundaki, shu kungacha ular xorijdan keltirilar edi. Endilikda mahalliylashtirish dasturi doirasida dumpkarlar mamlakatimizda ishlab chiqariladigan bo‘ldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirda ishlab chiqariladigan 6 o‘qli 2BC-105 (Q-115) turdagi vagon-samosvallar xorijnikiga qaraganda 1,5 baravar arzonga tushadi.
Axborot xizmati