• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda Metso Outotec kompaniyasining muvofiqlashtirish guruhi tashkil etiladi

07 Sentyabr 2022, 10:45 1681

Xabaringiz bor, Finlyandiyaning Metso Outotec kompaniyasi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur hamkorlik aloqalari doirasida asosiy texnologik uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ham imzolangandi. Qiymati 100 mln yevrodan oshadigan shartnomaga muvofiq yiliga 60 mln tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 3-Mis boyitish fabrikasiga maydalash tegirmonlari, flotasiya jarayoni uchun sisternalar, filtrlar, analizatorlar, boshqaruv bloklari va boshqa uskunalar yetkazib beriladi.

Joriy yilning 5 sentyabr kuni OKMK rahbariyati va Metso Outotec kompaniyasi vakillari o‘rtasida  navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar 3-Mis boyitish fabrikasining qurilishi, Rux zavodi hududida 6-sul'fat kislotasini qurish hamda yangi Metallurgiya kompleksi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar davomida OKMKga uskunalar yetkazib berilishi bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv chog‘ida yuqorida nomlari qayd etilgan obyektlarning qurilishini jadallashtirish borasida fikr-mulohazalar tinglandi. Shuningdek, qurilish ishlarini jadallashtirish maqsadida OKMKda Metso Outotec kompaniyasining muvofiqlashtirish guruhi tashkil etilishi ham kelishib olindi.

Metso Outotec butun dunyo bo‘ylab agregatlar, minerallar va metallni qayta ishlash sanoati uchun barqaror texnologiyalar, yakuniy yechimlar va xizmatlar bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan hisoblanadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech