Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami bo‘lib 2 759 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu raqamdan 2023-yilning 12 oyi davomida kelib tushgan 4 238 ta murojaatlar soniga nisbatan 1 479 taga kamayganini ko‘rishimiz mumkin.
Kelib tushgan murojaatlarning 2 708 tasi jismoniy shaxslardan, 51 tasi yuridik shaxslardan, 977 tasi yozma, 1 153 tasi og‘zaki hamda 629 tasi elektron shaklda.
Tahlillarga ko‘ra, kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi ishga joylashish, ishga tiklash, ish joyini o‘zgartirish masalalari bo‘lib, 1 629 ta mana shunday murojaatlar bildirilgan.
Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 299 tasi moddiy yordam ajratish, 208 tasida boshqa mehnat munosabatlari, 51 tasi shartnoma shartlarini bajarilishi, 23 tasi maktabgacha ta'lim, 78 tasi yer ajratish, 94 tasi uy-joy va kommunal xizmatlar, 377 tasi boshqa mazmundagi masalalar bo‘yicha bo‘lgan.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 2 276 tasi bo‘yicha tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berilib, 279 ta murojaatlar ijobiy hal qilingan. Shuningdek, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-30-moddalari talablariga muvofiq, 40 ta murojaatlar ko‘rib chiqilishi tugatilgan hamda ko‘rmasdan qoldirilgan. 106 ta murojaatlarni qanoatlantirilishi asosli ravishda rad etilgan. 9 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, 49 ta murojaatlar tahlil kunida o‘rganish jarayonida bo‘lgan.
Hisobot davrida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ommaviy ishga qabul jarayonlari tashkil etilganligi va bu orqali ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun erkin va shaffof sinov jarayoni yaratib berilganligi natijasida ishga joylashish va ish o‘rniga tiklash masalasida 1 404 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2023-yilning 12 oyi davomida ro‘yxatga olingan 2 499 ta murojaatlar soniga nisbatan 1 095 taga kamaygan.
Kelib tushgan barcha murojaatlarga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq o‘z vaqtida javob xatlari berilgan.
Kirib kelgan 2025-yilda ham murojaatlar bilan ishlashda qonun ustuvorligini ta'minlash, xalq bilan muloqotni yanada keng yo‘lga qo‘yish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
Abror Kamilov,
OKMK Jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlashni
nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: