Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ilm fan va ishlab chiqarish integratsiyasining samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Kombinat olimlari va mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqot va izlanishlar natijasida har yili yangi turdagi mahsulotlar olinmoqda. Kuni kecha kombinatning Chirchiq shahrida joylashgan Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yangi turdagi - kompozit qotishmalar(metall keramika) - mahsulotlari o‘zlashtirildi. Ushbu qotishmalardan sirpanma podshipniklarni tayyorlash uchun foydalaniladi.
Buning uchun birlashmada temir kukuni va molibden karbidi asosidagi kompozit qotishmalar ishlab chiqarish uchastkasi ham tashkil etildi.
Ayni kunlarda ushbu ikki turdagi mahsulotlar - molibden karbidi asosidagi qotishma(suvdagi nasoslardagi ishlar uchun mo‘ljallangan) hamda temir kukuni asosidagi qotishma(moylash vositalari moy bo‘lgan nasoslar va boshqa agregatlari uchun mo‘ljallangan)lar ishlab chiqarilmoqda.
Molibden karbidi asosidagi qotishmadan tayyorlangan podshipnik namunalaridan bugungi kunda birlashma sexlarida molibden ishlab chiqarish jarayonida foydalanilmoqda. Shuningdek, tayyorlangan namunalar sinov uchun kombinatning Issiqlik elektr markaziga ham yuborildi.
Birlashma tayyorlagan podshipniklarning afzalligi shundaki ular uzoq muddat xizmat qiladi va shu yerning o‘zida ishlab chiqarilishi qulayligi bilan muhim.
Masalan, doimo ishlatiladigan sharikli podshipnikning xizmat muddati 1 oydan oshmasa, birlashma taklif qilayotgan molibden karbidi asosidagi sirpanma podshipnik muddati ikki oydan oshishi ta'kidlanmoqda.
E'tiborlisi, kombinatda mazkur podshipnikka 1 yilda o‘rtacha 1500 dona ehtiyoj bo‘lib, 1 dona podshipnikning narxi 639 000 so‘mni tashkil etmoqda. Avallari ishlatiladigan 1 dona sharikli podshipnikning narxi esa 954 500 so‘m . Bu ikki podshipnikni narxini solishtirganda 1 yilda kombinat o‘rtacha 473 mln so‘m tejashga erishadi.
Mazkur yangilik natijasida birlashmada yiliga 15,289 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi.
OKMK Axborot xizmati