• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati platina ishlab chiqarish texnologiyasi uchun mualliflik huquqini oldi

13 Iyul 2022, 11:7 3119

Oltinga nisabatan yer yuzida uch barobar kamroq uchraydigan bu nodir metall endi O‘zbekistonda ham ishlab chiqarila boshlanadi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining tashabbusi hamda kombinat olimlari, mutaxassislarining uzoq yillik izlanishlari,  ilmiy tadqiqotlari tufayli platina metallini ishlab chiqarish texnologiyasi uchun mualliflik huquqi qo‘lga kiritildi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga mis ishlab chiqarish yo‘li bilan tayanch bo‘lib kelayotgan OKMKda nafaqat mis, oltin, kumush, balki boshqa noyob – palladiy, reniy kabi metallar ham ishlab chiqarishga erishilmoqda. Endilikda ushbu mahsulotlar qatoriga platina ham qo‘shildi.

Platina o‘zi qanday metall? Zargarlar orasida “Rangli metallar malikasi” deya nom qozongan ushbu nodir metall nisbiy zichligi yuqori, olovga bardoshli, qattiq hamda o‘ta egiluvchanligi bilan ham sanoatda, xususan, avtomobilsozlikda va zargarlar orasida qadrlanadi.  Bu metall XVIII asrda kashf qilingan bo‘lib, ispanchadan tarjima qilinganda “kumush” degan ma'noni anglatadi. Dunyoda 5 ta yirik platina ishlab chiqaruvchi davlatlar mavjud bo‘lsa, O‘zbekistonda ham ushbu nodir metallni qo‘lga kiritish texnologiyasi ishlab chiqildi. OKMK olimlari va mutaxassislari tomonidan olib borilgan uzoq yillik ilmiy izlanishlar o‘z samarasini berib, kombinat platina ishlab chiarish texnolgiyasi uchun mualliflik huquqini qo‘lga kiritdi.

Bugungi kunda OKMK 7 ta mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasiga oid mualliflik huqiqini qo‘lga kiritgan. Shuni qayd etish joizki, bu ulkan yutuqlar so‘nggi 3-4 yilda erishilayotgan natijalardandir. Kelajakda kombinat nodir va qimmatbaho metallarni ajratib olish bo‘yicha o‘z oldiga ulkan rejalarni belgilab qo‘ygan.

Bugun dunyo bozorida 1 grammi 28 dollarga baholanayotgan platina ishlab chiqarish sanoati yildan yilga takomillashib bormoqda. Qo‘rg‘oshindan 2 barobar zich hisoblangan ushbu noyob metall, o‘tga chidamliligi, elektr o‘tkazuvchanligi, zanglamasligi tufayli kosmos sanoatida, tibbiyotda, elektrotexnikada, shishasozlik sanoatida, samolyot va kemasozlikda, kimyo va avtomobilsozlik sanoatlarida keng qo‘llaniladi.

Bu faktlar ko‘plab sohalarning ravnaqi demakdir. Yurtimizda, xususan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida platina ishlab chiqarish texnologiyasining yo‘lga qo‘yilishi mamlakatimiz iqtisodiy ishlab chiqarish salohiyatiga o‘zining ijobiy ta'sirini ko‘rsatishi, shubhasiz.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech