Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro integratsiyani yo‘lga qo‘yish natijasida ko‘plab yutuqlarga erishib kelinmoqda. Jumladan, kombinat mutaxassislari hamda olimlari tomonidan kuni kecha indiy metallini olish texnologiyasiga ixtiro patenti olindi.
Mineral resurslar ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Rux zavodi texnologik eritmalaridan laboratoriya sharoitida ishlab chiqilgan yangi texnologiya orqali indiy metalli ajratib olishga erishildi. Hozirgi kunda sanoat tajribalari olib borilmoqda. Mazkur ixtiroga O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, Adliya Vazirligi tomonidan foydali model patenti berildi.
Indiy metalli zargarlik buyumlarida, elektronikada, tibbiyotda, kosmik uskunalar va yarim o‘tkazgichlarda qo‘llaniladi. Shuningdek, indiy korroziyaga qarshi qoplamalar tarkibiga qo‘shiladi hamda smartfon, planshet ekran qavatini va avtomobil faralarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ushbu metallni 1 kilogrammi hozirgi kunda jahon bozorida 230 dollarni tashkil etadi.
Bugungi kunda indiy metalli Rossiya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Boliviya, Qozog‘iston, Kanada, Peru kabi davlatlarda ishlab chiqariladi.
Indiy metallini ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat tajribalari yakunlanganidan so‘ng, joriy yilning 2-choragidan boshlab kombinatda mahsulot olinishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jami bo‘lib 14ta foydali model patentiga ega.
Misol uchun, ulardan ikkitasi 2022-yilda olindi. Bu “Oltin affinaji eritmalaridan platinani ajratib olish usuli’ nomli IAP 07032 xalqaro ixtiro patenti hamda “Affinajlangan palladiyni kukun holida olish usuli” nomli FAP 45383 foydali model patentlardir.
OKMK Axborot xizmati