"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Energoresurslarni tejash hamda mahsulot tannarxini tushirish masalasi doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Ayniqsa, bu borada sanoat korxonalarida elektr energiyasini tejovchi texnologiyalarni joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining muhim tarkibiy bo‘linmalaridan biri bo‘lgan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida ham bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Elektr energiyasini tejash bo‘yicha zavod rahbariyati va mutaxassislari tomonidan ilgari surilgan g‘oya hech qanday oshiqcha xarajatlarni talab etmasligi bilan ahamiyatli.
Ma'lumki sanoat korxonalarida soat 6.00 dan – 9.00 gacha elektr energiyasidan foydalanilganlik uchun to‘lov 1,5 koeffisiyent bilan (1 kVt uchun 1500 so‘m) amalga oshiriladi. Kunduzgi soat 9.00 dan 17.00 gacha esa 1 koeffisiyent bilan (1 kVt uchun 1000 so‘m) amalga oshiriladi. Eng qizig‘i, tungi soatlarda esa bu to‘lov 0,66 koeffisiyentda (660 so‘m) olinadi.
Ushbu omillarni hisobga olgan holda dastlab, zavod mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarish jarayonida eng ko‘p energiya talab qiladigan texnologik uskunalar aniqlab olindi. Shundan so‘ng, yuqori energiya sarflayotgan texnologik uskunalarning ishlash tartibi tungi soatlarga o‘tkazildi. Zavod energetigi Aleksandr Nikitinning ma'lum qilishicha, mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan, hech qanday kapital qo‘yilmalarni talab qilmaydigan ushbu tashkiliy chora-tadbirlar texnologik jarayon va ishlab chiqarish rejasini bajarishga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.
Mazkur chora-tadbirlar zavodning Mexanika-yig‘uv, Temirchilik-payvandlash, Avtomobillar va maxsus transportlarni ta'mirlash hamda Quyish sexlarida joriy etildi.
Sexlardagi mavjud qizdirish pechlari, tokarlik-karusel dastgohi, payvandlash to‘g‘rilagichi, termik pech, po‘lat eritish pechi, isitish pechlari tungi ish soatlariga o‘tkazildi.
Energiya tizimlarining maksimal va minimal soatlarida yuklamalarni kamaytirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida MTMZ bo‘yicha har oyda o‘rtacha 150 million so‘m tejash imkonini beradi.
Axborot xizmati