"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekistonda ta’lim va mehnat bozorining uzviy integratsiyasini ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish hamda malakani xalqaro mezonlarga mos ravishda baholash tizimini yo‘lga qo‘yish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-345-sonli “O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida, norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma hamda malakalarni tan olish (Recognition of Prior Learning — RPL) tizimi milliy malaka tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
Mazkur yo‘nalishda amaliy ishlarni jadallashtirish maqsadida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti va YUNESKO hamkorligida “O‘zbekistonda norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma hamda malakalarni tan olish (RPL) mexanizmlarini joriy etish konsepsiyasi” doirasida to‘rt kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda xalqaro ekspert Mishel Aribaud,"Olmaliq KMK"AJ Malakani baholash markazi, vazirlik va idoralar mutaxassislari, shuningdek, ishchi guruh vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan RPL konsepsiyasining besh bosqichli modeli muhokama qilindi hamda uni O‘zbekistonning milliy malaka tizimiga tatbiq etish bo‘yicha aniq vazifalar kelishib olindi.
Muhokamalar jarayonida RPL tizimini bosqichma-bosqich joriy etishning huquqiy, tashkiliy va metodologik asoslarini yaratish, baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, baholovchi ekspertlarni tayyorlash, shuningdek, monitoring hamda validatsiya jarayonlarini takomillashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Seminar yakunida loyiha doirasidagi keyingi bosqichlar va amalga oshirish reja-grafiklari Boshqaruv qo‘mitasi tomonidan ma’qullandi.
Ushbu tashabbus Milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish, barcha uchun hayot davomida ta’lim olish va mehnat faoliyatini izchil davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Shahboz Rahmanov,
O‘quv markazining Malakani baholash markazi rahbari