• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Qurilish ishlari jadallikda amalga oshirilayapti

13 Sentyabr 2022, 12:46 2305

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida megaloyiha sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi jadal sur'atlarda davom etayapti.

2022 yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, loyiha doirasida 1,5 ming kishi uchun quruvchilar shaharchasi va direksiya binolari qurilishi yakunlandi.

76,25 ming kub m beton ishlari, 14,4 ming tonna armatura ishlari, 187,0 ming p.m burg‘ulash va portlatish ishlari, 8,7 mln kub m tuproq ishlari bajarildi.

Shuningdek, qoldiqlarni saqlash obyektlari bo‘yicha zarur bo‘lgan yer maydonlari ajratilib, bugungi kunda yer ishlari olib borilmoqda.

Loyihalashtirish ishlariga “Wood” (Italiya), loyiha hujjatlarini texnik jihatdan baholash va qabul qilish uchun “Technip Energies” (Buyuk Britaniya) kompaniyalari jalb qilingan.

Loyihalovchi “Wood” kompaniyasi tomonidan EPC-shartnomasida rejalashtirilgan bazaviy injiniring doirasidagi jami 1303 ta hujjatlar to‘liq ishlab chiqilgan.

Bazaviy injiniring va ishchi hujjatlarni qabul qilish uchun RMS-pudratchi (Technip Energies) jalb qilingan.

Suv ta'minoti obyektlarini qurish bo‘yicha 3-MBF tashqi suv ta'minoti sxemasi tasdiqlandi.

Obyektlar uchun zarur bo‘lgan hududlarning aniq chegaralarini va zarur bo‘lgan yer maydonlari ajratildi.

“O‘zgeorangmetLITI” tomonidan ishchi hujjatlarni ishlab chiqish olib borilmoqda.

“O‘zbekgidrogeologiya” tomonidan suv zaxiralarini tasdiqlash maqsadida qidiruv ishlari olib borilayapti.

Mazkur obyektning elektr ta'minoti ob'ektlari bo‘yicha “Yoshlik I” konining tashqi elektr ta'minoti obyektlarini qurish uchun tanlov o‘tkazildi va “O’zelektroapparat-Electroshield” kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi va bugungi kunda yuqori quvvatli elektr liniyalari fundamentlari bo‘yicha yer ishlari olib borilmoqda.

Shu jumladan, loyiha ishlari 98 % ga, qurilish-montaj ishlari 89% ga, asosiy uskunalarni yetkazib berish 90 % ga bajarildi.

Hozirda nimstansiyalar binolari qurilishi olib borilmoqda. Joriy yil oxiriga qadar barcha qurilish-montaj ishlarini yakunlab,

2023-yilning birinchi choragida ishga tushirish va sozlash ishlarini bajarish rejalashtirilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech