Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 14 aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-2023 yillarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan tarmoq va soha rahbarlariga qator topshiriqlar berildi. Ushbu topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida salmoqli ishlarga amalga oshirib kelinmoqda.
Bu haqda 2022 yil 1 iyun kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida OKMK boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda to‘liq ma'lumot berildi.
Unda joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida kombinatda avtomatlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Axborot texnologiyalari departamenti boshlig‘i Ravshan Maksumov sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Jumladan, hisobot davrida “Olmaliq KMK” AJni transformatsiya qilish doirasida OKMK tomonidan 2022 yil uchun 26 yanvar 81-sonli buyrug‘i bilan kombinatning biznes jarayonlari va texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan 27 ta chora-tadbirdan iborat (234 mlrd. so‘mga) ish rejasi tasdiqlandi va qo‘shimcha 30 dan ziyod loyihalar joriy etilmoqda.
Jumladan, kombinatda elektron hujjat aylanish va elektron pochta tizimlari Directum RX va MS Exchange dasturiy ta'minoti asosida takomillashtirildi. Natijada, 2000ta foydalanuvchilar tizimlashtirildi, qog‘oz hujjatlar almashinuvi 50 foizga qisqartirildi va kompyuter, smartfon ilovalaridan elektron shaklda amalga oshirilishini imkonini berdi.
Kon-geologik kompleks axborot tizimini (Grade control: Datamine Studio NPVS i Ore Controller) dasturiy ta'minoti o‘rnatildi. Pirovardida marksheyder, konchi va geologlar uchun konning yagona raqamli ma'lumotlar bazasi yaratildi va xalqaro JORC kodeksi asosida zaxiralarniing hisobga olish aniqligi oshirildi.
Mis boyitish fabrikasida va Mis eritish zavodida 6000 ta ishchi-xodimlar uchun beriladigan qog‘oz shaklidagi ovqatlanish talonlari elektron talonlariga almashtirildi va «E-Talon» axborot tizimi ishga tushirildi. Bu esa qog‘oz talonlardan voz kechish va hisobotni avtomatik ravishda yuritish imkonini berdi.
Buxgalteriya, moliyaviy hisobot va ma'lumotlar konsolidasiyasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilib, kombinatning 46ta tarkibiy bo‘linmalari uchun yagona hisobot axborot tizimi yaratildi. Buning natijasida hisobotlarni va ma'lumotlarni yig‘ish, byudjetni rejalashtirishda vaqt sarfi 50 foizga qisqartirilib, ma'lumotlarda xatoliklar kamayishiga erishildi .
Shuningdek materiallar, ish haqqi, asosiy fondlar, xizmat safari xarajatlari va yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xizmatlari bo‘yicha hisobotlari elektron shaklga o‘tkazildi. Natijada, qog‘oz hujjatlarining 83 foizga optimallashtirildi, ya'ni 41 turdagi qog‘oz hujjatlari 7 turga qisqartirildi. Qolganlari ham tez orada raqamlashtiriladi va iyun oyidan boshlab butun kombinat bo‘ylab A4 formatdagi qog‘oz oyiga 50 ming varaqdan, yiliga esa 600 ming varaqdan ortiq tejalishi kutilmoqda.
Transport GPS monitoringi va yonilg‘i nazorati tizimiga Wialon dasturiy ta'minoti asosida qo‘shimcha 450 ta avtotransport voistalari tizimlashtirib, litsenziyalari xarid qilindi. Shu jumladan, 2200 ta OKMK transportlari jihozlandi va hisobot shakllari Realtimeda olib borilmoqda.
Maqsadli auditoriyani kengaytirish uchun OKMKning asosiy veb-sayti www.agmk.uz takomillashtirildi va yangi dizaynda ishlab chiqildi. Natijada, 300dan ortiq kunlik unikal tashrif buyuruvchilar va 1200 dan ortiq kunlik sahifalarni ko‘rilish sonlariga erishildi.
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Gidrometallurgiya sexidagi 10 ta pechda jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimi joriy etildi. Natijada, texnologik jarayonlari optimal rejimida yuritish va texnologik reglamentlardan chetga chiqishni nazorat qilish imkonini berdi.
Sherobod sement zavodida tayyor mahsulotni yuklab jo‘natishni nazorat qilish axborot tizimi joriy etildi. Natijada, yuklash hujjatlari maxsus belgilardan operativ qabul qilish imkonini berdi va operatsiyalar kamera, tarozilardan avtomatik tarzda olinib, xizmat ko‘rsatish tezligi 2 barobarga oshirildi.
Ijro apparatida ma'lumotlarni qayta ishlash markazida (server xonalari) elektr ta'minoti bilan bog‘liq o‘rtacha 9 marta (jami 30 soat) uzulish nosozliklarini oldini olish maqsadida, uzluksiz elektroenergiyasi manbalari va dizel-generator qurilmalari montaj qilinib, yangilandi.
OKMKda Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasining yangi tashkiliy tuzilmasi va NMvQQIChda (NPO), Rux zavodida, Angren kon boshqarmasida ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘limlarini tashkiliy tuzilmalari qayta ishlab chiqilib, maqbullashtirildi.
Shuningdek, foydalanuvchilarning komp'yuterlar, apparat, dasturiy ta'minot va o‘lchov vositalarai bilan bog‘liq muammolarini operativ hal qilish maqsadida, HelpDesk va O‘lchov vositalarini ta'mirlashni hisobga olish axborot tizimlari ishlab chiqilib joriy etildi. Natijada, 7500 dan ortiq qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish, elektron so‘rovlarni qabul (monitoring) qilish va qog‘oz shakldagi hujjatlarni 7 dan 2 gacha qisqartirildi.
Kombinatda bir qator nufuzli xalqaro kompaniyalar, ta'lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan raqamlashtirish doirasida memorandum, shartnoma va kelishuvlarga asosan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Jumladan, «AVEVA» va «Schneider Electric» kompaniya vakillari tomonidan OKMKda MES-tizimlarini joriy etish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi. «Becker Mining Systems AG» (Germaniya) kompaniyasi vakillari tomonidan OKMK AJ IT-mutaxassislari malakasini oshirish va tajriba almashish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etildi.
Bundan tashqari, «Partners and Performance» kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z loyihalarini taqdim etdi. «Partners and Performance» o‘zini tog‘-kon va metallurgiya sanoati sohasida yetakchi konsalting kompaniyalardan biri sifatida namoyon etib, oltita qit'ada 1000 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishlari - operasion faoliyatni optimallashtirish, kapital va investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish, xaridlar faoliyatini optimallashtirish va raqamli transformatsiya hisoblanadi.
Germaniyaning SIEMENS kompaniyasi va OKMK o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangangan. Unga asosan temir yo‘l obyektlarini avtomatlashtirish uchun markazlashtirilgan xavfsizlik tizimlari va kalitlarni mikroprosessorli blokirovkalash tizimlarini qo‘llash, talabalarni va OKMK xodimlarini o‘qitish uchun MISiSning Olmaliqdagi filialida laboratoriya tashkil etish maqsdalari belgilandi.
OKMK va BCG konsalting kompaniyasi mutaxassislarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kombinatda raqamlashtirishni istiqbolli rivojlantirish masalalari muhokama qilib IT mutaxassislariga qo‘shimcha WorkShop-treningi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, «OMEGALYaNS» (Operations Management Engineering Alliance) kompaniyasi bilan MES – ishlab chiqarishning operativ boshqarish Konsepsiyasini ishlab chiqish, energomenejment, kimyoviy sanoatni batafsil rejalashtirish, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish va moddiy balans hisobini yuritish masalalari amalga oshirish maqsadida NDA hujjati rasmiylashtirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda OKMK tomonidan kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha qisqa muddatli professional o‘qitish kurslarini tashkil etish bo‘yicha “Datamine International Limited” Xalqaro Kompaniyasi, MISiS va OKMK o‘rtasida 3 tomonlama xamkorlik bo‘yicha memorandumi imzolandi.
MISiSning Olmaliq filialida «OKMK – raqamli transformasiya sari» mavzusida motivasion seminar – trening, «1S ERP: xarid jarayonlari va omborlar» mavzusida o‘quv tadbirlari tashkil etildi.
Bundan tashqari, OKMK mutaxassislari tomonidan «Astrum» Akademiyasiga tashrifi davomida IT mutaxassislari uchun yaratilgan o‘quv jarayoni va shart-sharoitlar bilan tanishildi. «Astrum» Akademiyasining dasturchilarni OKMKda amalga oshirilayotgan IT loyihalar, ishlab chiqarish va avtomatlashtirish jarayonlari bilan tanishtirish va kelgusida ishlashga jalb etish rejalari belgilab olindi.
Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. OKMK uchun maqsadli kadrlar tayyorlash, transport sohasidagi ilmiy ishlar va hamkorlikning boshqa masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, OKMKda raqamlashtirish doirasida yana bir qator ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Xususan, 2022 yil yakuniga qadar Angren kon boshqarmasida “Qizil-olma” va “Razvedochnaya” kon shaxtalarida “Tog‘-kon dispetcheri” dispetcherlik nazoratining avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish (Gorniy dispetcher), “Yoshlik-I” va “Qalmoqqir” konlarida raqamli texnologiyalarni qo‘llagan xolda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirilib, unumdorligi oshiriladi.
Shuningdek, TJBTA (ASUTP) tizimlarini modernizasiya qilish va joriy etish (Angren kon boshqarmasi, Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Xondiza kon boshqarmasi), avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish va transport texnikasiga taqsimlash obyektlari uchun yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish, IT infratuzilmasini modernizatsiya qilish ham belgilangan.
OKMKda raqamlashtirish loyihalarini amalga oshirilishi bilan bir qator natijalar kutilmoqda.
Jumladan, kombinat biznes jarayonlarining yagona axborot makoni (ERP tizimi) yaratiladi, kon ishlarini bajarishda tezkor boshqaruv tizimi tashkil etiladi va tog‘ jinsini tashish hajmi 10%ga oshirilib, konlarda ekspluatatsion xarajatlar 5-10%ga, yonilg‘i sarfi 10%ga kamaytiriladi. Yer osti konlarda texnika xavfsizligi oshirilib, barcha hujjatlar faqat elektron shaklda yuritiladi va axborot-kommunikasiya infratuzilmasi takomillashtiriladi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi.
Axborot xizmati