"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Temir yo'l transporti tizimini modernizatsiya qilish va xizmat ko'rsatish sifatini oshirish to'g'ridan-to'g'ri yuqorimalakali kadrlar tayyorlash hamda xodimlarning mahoratini uzluksiz oshirib borish jarayoniga bog'liq. Shu maqsadda, yuk va yo'lovchi tashish sohasi uchun mutaxassislar yetishtirish hamda ishchi-xodimlar malakasini oshirish dasturi doirasida Sanoat temir yo'l transporti boshqarmasining 2-temir yo'lsexida eng zamonaviy innovatsion texnologiya — o'quv stend-trenajyori amaliyotga joriy etildi.
Teplovoz mashinisti (o'qitish bo'yicha) Erkin Kazanov tashabbusi bilan yaratilgan mazkur trenajyor maxsus dasturiy ta'minot, ish joyi va yig'ma karkasli konstruksiyadan tashkil topgan ikki modul asosida ishlab chiqildi.
Maxsus dasturiy ta'minot: Temir yo'ldagi real harakatlanish, manevr ishlari, yuk va yo'lovchi tashish jarayonlarini, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarni to'liq virtual formatda simulyatsiya qiladi.
Ish joyi va yig'ma karkasli konstruksiya: Ishchilarning real mehnat sharoitini his qilishlari uchun maksimal darajada yaqinlashtirilgan ergonomik konstruktiv platforma hisoblanadi.
Sexda o'rnatilgan yangi o'quv stend-trenajyori texnik jihatdan mukammal tuzilishga ega bo'lib, u ikkita asosiy modul bazasida ishlab chiqilgan.
Birinchi modulga TEM18DM teplovozining haqiqiy tormoz qurilmalari, ikkinchi modulga esa yuk vagonining tormoz jihozlari o'rnatilgan bo'lib, bu mutaxassislarga temir yo'l harakatlanuvchi tarkibining tormoz tizimlarini amaliy jihatdan chuqur o'rganish imkonini beradi.
Stend-trenajyor ixtisoslashtirilgan o'quv muassasalarida harakatlanuvchi tarkib — poyezdlarning tormoz uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazish, shuningdek, demonstratsion imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishva ularni topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun mo'ljallangan.
Sanoat temir yo'l transport boshqarmasi tomonidan joriy etilgan mazkur trenajyor “Temir yo'l harakatlanuvchi tarkibining tormoz uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish va tormozlarni boshqarish qoidalari” talablariga to'liq muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Stend yordamida yuk va yo'lovchi poyezdlarida tormoz uskunalarini tekshirish, tormozlarni to'liq sinovdan o'tkazish hamda mashinist kranining barcha tekshiruvlarini belgilangan me'yoriy bosim ostida amalga oshirish mumkin.
Trenajyor pnevmatik elementlar - quvurlar orqali o'zaro ulangan bo'lib, amalda qo'llaniladigan yuk va yo'lovchi poyezdlari sxemasiga mos tarzda ishlaydi. Bu esa haqiqiy tormoz tizimining soddalashtirilgan, ammo to'liq funksional modelini hosil qiladi.
Tizim “KLUB” xavfsizlik qurilmasisiz hamda elektr va pnevmatik tormozlarni bir vaqtda qo'llashdan himoya qilish tizimlarisiz ishlaydi.
Uning boshqaruv panelida tenglovchi rezervuar, oziqlantiruvchi magistral, tormoz magistrali va tormoz silindrlari bosimini ko'rsatuvchi 4 ta manometr joylashgan.
Shuningdek, panelda:
Stend-trenajyor orqali quyidagi amaliy ishlar bajariladi:
Ushbu yangilik sex xodimlari va bo'lajak mutaxassislarning nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarishning o'zida, mutlaqo xavfsiz muhitda mustahkamlash, amaliy ko'nikmalarini oshirish hamda xavfsiz va samarali ish faoliyatini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot xizmati