Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 15-oktyabr kuni mamlakatimiz rahbarining Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushini yanada oshirish hamda kombinat import mahsulotlari hajmini kamaytirish maqsadida ushbu hududlarda yangi loyihalarni ishga tushirish lozimligi ta’kidlanib, ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun mutlaqo yangi tizim – “Sanoat uchburchagi” dasturini tayyorlashga qaror qilingani aytib o‘tilgan edi.
Mazkur yig‘ilishda berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 19-22 noyabr kunlari “Sanoat uchburchagi” dasturi doirasida import mahsulotlarini mahalliylashtirish sanoat yarmarkasi tashkil etildi.
Sanoat yarmarkasida kombinat tomonidan asosiy ishlab chiqarish faoliyatida foydalaniladigan, muntazam ravishda xarid qilib kelinadigan 2 000 dan ziyod turdagi import tovarlar namoyish etildi. Jumaladan, yarmarkada kimoviy reagent, metalloprokat, tog‘-kon texnika ehtiyot qismlari, nasos va elektrodvigatel, mexanik va energetik mahsulotlar hamda boshqa asbob-uskunalarning butlovchi va ehtiyot qismlari tarkibiy bo‘linmalarning stendlarida namoyish etildi.
O‘tkazilgan sanoat yarmarkasiga asosan qo‘shni shahar va tumanlardagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar taklif etilib, sanoat uchburchagi dasturi doirasida tashrif buyurgan 80 ga yaqin korxona vakillari bilan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar davomida kombinat mutaxassislari import mahsulotlarning turi, texnik parametrlari, yillik talablari va boshqa tegishli ma’lumotlarni ishtirokchilarga taqdim etishdi. Shuningdek, ayrim korxonalar talabiga asosan ishlab chiqarish bo‘linmalarining joyiga chiqqan holda katta hajmdagi asbob-uskuna va butlovchi qismlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Sanoat yarmarkasi natijasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha jami 33 ta korxonalar bilan 75,7 mln dollarlik yangi loyihalar ishlab chiqildi va kengaytirilgan loyihalar hisobiga 20 ta korxona bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha 103,4 mlrd so‘mlik chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Jumladan, yurtimizdaa avvallari ishlab chiqarilmagan, import o‘rinini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyati aniqlangan va “Sanoat uchburchagi”ga kiruvchi 17 ta korxona bilan 27 072,6 ming dollarlik yangi loyihalar ishlab chiqildi va tegishli memorandumlar imzolandi.
Shuningdek, import hajmlarini qiqartirish maqsadida Respublikaning boshqa shahar, tuman va viloyatlaridagi 16 ta mahalliy korxonalar bilan import o‘rinini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha 48 658,6 ming dollarlik memorandumlar imzolandi.
Bundan tashqari, “Sanoat uchburchagi”ga kiruvchi 20 ta korxona bilan kengaytirilgan loyihalar hisobiga hamkorlikni o‘rnatish orqali 103,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar xaridi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
“Sanoat uchburchagi” dasturiga jami 25 ta korxona “shatak” tizimiga olinib, 2025-yilda o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ushbu yarmarkaning asosiy maqsadi “Sanoat uchburchagi” dasturi doirasida viloyatimizning 5 ta shahar-tumanlaridagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni “shatak”ga olish tizimi orqali kooperatsiya aloqalarini kengaytirishdan iborat Shuningdek, ular tomonidan import o‘rnini bosuvchi yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va kombinatning import hajmlarini qisqartirishdir.
Axborot xizmati