"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish ishlari doirasida Shvetsiya davlatining bir guruh yetakchi kompaniyalari vakillari O’zbekistonda boʻlib turishibdi.
Dastur rejasiga ko’ra, tashrifning birinchi kuni Shvetsiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tomas Danestad boshchiligidagi Atlas Copco, Epiroc, Scania, Sandvik, SKF, Ericsson, EOL Vent Mining kabi yirik korxonalar mutaxassislaridan iborat delegatsiya a’zolari OKMKda boʻlishdi. Yuqori martabali mehmonlarni OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov “Metallurg” madaniyat saroyida kutib oldi.
“Suyurlitepa yodgorligi” hamda kombinat ishlab chiqarish tarixi muzeyini koʻzdan kechirgan mehmonlar madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan turli to‘garaklar faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.
Tashrif davomida mehmonlar Markaziy Osiyodagi yirik, qazish ishlari ochiq usulda amalga oshiriluvchi Qalmoqqir konida hamda 2017-yil qurilishiga start berilgan “Yoshlik-1” konida boʻlishdi.
Ta’kidlash kerakki bugungi kunda OKMKning Xondiza, Angren, Chodak, Kovuldi kabi yer osti konlari shu bilan birga Shaxtaqurilish boshqarmasida Shvetsiya davlatining yirik kompaniyalarida ishlab chiqarilgan 50ga yaqin texnikalar xususan, avtosamosvallar, burgʻulash uskunalari, yuklash va yetkazib berish transportlari, kompressor hamda nasos qurilmalari ishlatilmoqda.
Navbatdagi manzilda yangi bunyod etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasining to‘liq integratsiyalashgan avtomatlashtirish tizimi shvetsiyalik mehmonlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Tashrif rejasiga koʻra, delegatsiya a’zolari Yevropaning mis sanoati sohasidagi yirik kompaniyasi “Aurubis”ning mutaxassislarni qayta tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha tajribasi asosida tashkil etilgan kombinat muhandislik maktabida boʻlishib u yerda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirishdi.
Tomas Danestad, Shvetsiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi:- Men bugun Shvetsiyaning yirik kompaniya vakillari bilan OKMKga tashrif buyurganimdan juda mamnunman. Aytishim mumkinki soʻnggi yillarda jahon bozorida Oʻzbekiston korxonalariga boʻlgan qiziqish ortmoqda bu albatta davlatlarimiz oʻrtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy hamda siyosiy hamkorliklarning natijasidir. Biz kombinatdagi ishlab chiqarish koʻlamining naqadar kengayib borayotganini guvohi boʻldik. Bu yerda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar koʻlami tahsinga loyiq Ta’kidlash kerakki korxonangiz nafaqat ishlab chiqarish yoʻnalishida balki malakali kadrlarni tayyorlash borasida ham katta yutuqlarga erishgan.Buni muhandislik maktabingiz misolida koʻrishimiz mumkin. Mamlakatlarimizning togʻ-kon sanoatida umumiy jihatlari koʻp, Shvetsiya ma’dan qazib olishda ming yillik tarixga ega va bugun tashrif buyurgan kompaniyalarimiz kombinat bilan hamkorlikka qiziqish bildirishmoqda. Oʻylaymanki, kelgusida davlatlarimiz oʻrtasidagi manfaatli aloqalar koʻlami yanada mustahkamlanadi.
Tashrif soʻngida tomonlar hamkorlikning yangi istiqbollarini muhokama qilishdi.
OKMK Axborot xizmati