• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

STTBda "Ixtirochilik ilmiy-amaliy uchastka"si tashkil etildi

09 Iyun 2025, 10:1 448

OKMKning “Olmaliq KMK” AJda “Enеrgiуа samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini qisqartirish va xarajatlarni kamaytirish maqsadida kombinat xodimlari o‘rtasida takliflarni o‘rganish to‘g‘risida”gi buyrug‘ini amalda natijadorligini oshirish maqsadida Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi mutaxassislari tomonidan “Yangi O‘zbekistonda - Yangi marralar” shiori ostida chuqur o‘ylangan g‘oyalar va zamonaviy bilimlarga tayangan holda “Ixtirolar uchun yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Ushbu rejalar va qilingan mehnatlar tez fursatlarda oʻz natijasini ko‘rsatmasdan qolmadi. 2024-yil 15-noyabr oyida “Yoqilg‘i – energiya resurslarini tejash bo‘yicha eng yaxshi taklif” tanlovida STTBning 6 nafar mutaxassislari “Tashakkurnoma” va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, ushbu takliflarni amaliyotda tadbiq etish natijasida kutilayotgan iqtisodiy samara yiliga 22 mlrd soʻm mablag‘ tashkil etishi ham mehnatlarning salmoqli ekanligini aks ettiradi. STTB ichki imkoniyatlari bilan ishlab chiqilayotgan mahsulotlar uchun “Olmaliq KMK” AJ Markaziy apparati Standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda majburiy sertifikatlashtirishga qaratilgan mahsulotlar uchun sertifikatlashtirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.   

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari - bosh muhandis va Markaziy apparat Moliyaviy risk va kovenantlarni boshqarish boʻlimi koʻrsatmalari bilan STTBning “Ixtirochilik ilmiy-amaliy uchastka”sini sinov tariqasida tashkil qilish toʻgʻrisida” buyrugʻi asosida “Ixtirochilik ilmiy-amaliy uchastkasi” tashkil etildi. 

Joriy yilning iyun kuni mazkur uchastkaning faoliyati bo’yicha taqdimot o’tkazildi. Unda OKMK bosh muhandisi v.b. Sergey Larionov, kombinat tarkibiy bo’linmalarining mas’ullari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

STTBda ixtirochilik rivojlantirish va kombinatimiz rivojiga hissa qo‘shish hamda bu ishlarni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida boshqarmaning 3-temir yo‘l sexida tashkil etilgan mazkur uchastka aynan ixtirochilik ishlarni tajribada sinab ko‘rish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanadi. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, sinov tariqasida  tashkil etilgan uchastkaga bugungi kunda 10 nafar STTBning yaratuvchanlik qobilyatiga ega mutaxassis xodimlari jalb etildi. Kelgusida bu jarayonlarni amalga oshirilishi uchun 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Ushbu uchastka ish faoliyatini boshlaganiga qisqa vaqt bo‘lishiga qaramasdan bir qancha yangiliklar yaratilinishiga erishilganligining o‘zi rejalar qanchalik puxta qilinganligidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtga kelib ushbu uchastkada import mahsulotlari hisoblangan harakatlanuvchi tarkiblar uchun zarur bo‘lgan 8 ta ehtiyot qismlarni hech qanday ortiqcha xarajatlarsiz mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, mahalliylashtirilishiga erishildi. Ta’mir jarayonlari uchun zarur hisoblangan 8 ta ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish natijasida bir yilda kutilayotgan iqtisodiy foyda 3.5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni tashkil etadi.

Ushbu salmoqli natijalarga erishishda, albatta STTB rahbariyati tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar va boshqaruv tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganligi, hamda mehnatkash ahil jomoaning bilim va salohiyati asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech