"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugungi kunda texnologik taraqqiyot kundan-kunga yangi bosqichlarga ko‘tarilib, inson hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlar nafaqat ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini, balki eng kichik yoshdagi bolalarning ham hayotini tobora o‘zgartirib bormoqda.
Yosh bolalar texnologiyani intuitsiyaviy tarzda qabul qiladilar. Ular sun’iy intellekt asosida ishlaydigan qurilmalarni jonli mavjudotlar sifatida ko‘rishlari mumkin. Bu esa ularning tasavvuri, nutqi va mantiqiy fikrlashi rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Hozirda maktabgacha ta’lim muassasalarida sun’iy intellektga asoslangan o‘yinlar, o‘quv dasturlari va robotlar qo‘llanilmoqda. Ular bolalarning til o‘rganish qobiliyatini rivojlantiradi, matematik tushunchalarni o‘rgatadi yoki san’atga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Bolalarning sun’iy intellektga bo‘lgan ishonchi va qiziqishi, ularning tafakkuri va axloqiy dunyoqarashiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun tarbiyachilar va ota-onalar bolalarni texnologiyaga nisbatan ongli va tanqidiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatishlari kerak. Bu texnologiya vositasi ekanligi, uni inson boshqarishi va insoniy qadriyatlar har doim ustun bo‘lishi lozimligi bolalarga oddiy va tushunarli til orqali yetkazilishi kerak.
Sun’iy intellekt bog‘cha yoshidagi bolalar uchun ham begona tushuncha emas. Ularning ko‘zida bu texnologiyalar ajoyib, qiziqarli va ba’zan sehrli ko‘rinadi. Shu bois, sun'iy intellekt bilan tanishuv jarayonida pedagogik yondashuv muhim ahamiyatga ega. Texnologiyalarni o‘rgatish bilan birga, bolalarni hayotiy, ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarga ham tayyorlash zarur. Ana shunda sun’iy intellekt insoniyat xizmatida bo‘lib qoladi va kelajak avlodlar uchun foydali vositaga aylanadi.
Gulsanam Xolmirzayeva,
28-MTM mudirasi