• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Talabalarning takliflari qo‘llab-quvvatlanadi

04 Mart 2025, 8:11 945

Joriy yilning 27-fevral kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida OKMK Axborot texnologiyalari departamenti rahbari A.Rozikulov, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi boshlig‘i V.Irismetov hamda Mis boyitish fabrikasi direktori o‘rinbosari J.Ibragimov, oliygoh kafedrasil mudiri B.Temerbekovalar hamda axborot texnologiyalari va avtomatlashtirish yo‘nalishida ta'lim olayotgan 3-4 kurs talabalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Talabalarning salohiyati va kasbiy intilishlarini rivojlantirish, dual ta'lim doirasida ishlab chiqarish amaliyotlari sifatini oshirish, shuningdek, oliygoh va korxona o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda talabalarning bir qator takliflari ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida talabalarning raqamli egizaklarni joriy etish, bulutli hisoblash, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishni bashorat qilish kabi tashabbuslari ko‘rib chiqilib, tavsiya va takliflar berildi.

Sun'iy intellekt va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish elementlarini o‘z ichiga olgan istiqbolli loyihalarga alohida e'tibor qaratildi. Ular orasida video-tahlil tizimlari, atrof-muhit monitoringi uchun sun'iy intellekt yechimlari, shuningdek, texnologik jarayonlarni boshqarishning innovasion texnologiyalarini alohida ta'kidlash joiz.

Uchrashuv yakunida kelgusi ishlarning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, ta'lim jarayonini ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha vazifalar va keyingi qadamlar shakllantirildi. Bu esa talabalarga qimmatli amaliy tajriba orttirish va real sanoat muammolariga tayyorgarlik darajasini oshirish imkonini beradi.

Axborot xizmati

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu