• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Tizim tashishning yangi modelini yaratadi

12 Fevral 2025, 15:50 705

"Olmaliq KMK" AJning "Yoshlik I" va "Qalmoqqir" konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning I bosqichi doirasida "Yoshlik I" konini (birinchi navbat) o‘zlashtirish" investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida kon-transport majmuasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (KTM BAT) joriy etilmoqda. Ayni paytda EKG rusumli ekskavatorlar, SBSh burg‘ulash qurilmalari, BelAZ yuk mashinalari hamda konlarda ishlaydigan yo‘l-qurilish texnikalariga bort uskunalarini o‘rnatish ishlari yakunlanish bosqichiga yetgan.

Shuningdek, Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida loyiha doirasida tortuv agregatlarini bort uskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunga kelib, 43 ta tortuv agregati planshet, ID karta o‘quvchisi va SOWA videoyozuv qurilmasidan iborat bort uskunalari bilan jihozlangan.

O‘rnatilgan uskunalar yordamida xavfsizlik darajasi oshiriladi, tezlik nazorati kuchaytiriladi va tortuvchi agregatlar mashinistlarining ishi samarali boshqariladi. Tizimning dasturiy ta'minoti ish samaradorligini baholash imkonini beradi hamda vaqt va resurslar sarfini kamaytirishga qaratilgan texnik xizmat ko‘rsatish ehtiyojlarini oldindan bashorat qiladi.

Kon-transport majmuasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi poyezdlar harakati jadvallarini optimallashtirish, to‘xtab turish vaqtini qisqartirish, harakat tarkibidan yanada samaraliroq foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish va har qanday og‘ishlarga tezkor munosabat bildirish imkoniyatini ta'minlaydi.

STTB rahbariyati esa temir yo‘l transporti faoliyati haqida to‘liq va dolzarb ma'lumotlarga ega bo‘ladi. Bu esa asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi.

Sanoat temir yo‘l transportini boshqarishda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish - bu texnologiyalar nafaqat yuqori samaradorlikni, balki ish xavfsizligini ham ta'minlaydigan kelajak sari qo‘yilgan qadamdir. Bunday innovatsiyalar tashishning yangi modelini yaratadi, bunda xatolar va to‘xtashlar minimallashtiriladi, boshqaruv jarayoni esa maksimal darajada shaffof va nazorat qilinadigan bo‘ladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu