• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida press-tur

16 Oktyabr 2023, 9:44 1468

Joriy yilning 12-oktabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Axborot xizmati tomonidan press-tur tashkil etilib, unda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Press-tur ishtirokchilari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyati, geologiya va qidiruv sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, respublika mineral xom ashyo bazasi rivojlantirilishini ta'minlashga qaratilgan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishishdi.

Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspedisiyasiga tashkil etilgan press tur davomida jurnalistlarga dastlab geologik xaritalar chizish, xaritalarni raqamlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, transport texnikalaridan samarali foydalanish bo‘yicha “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyati to‘liq tanishtirildi.

OAV vakillari Toshkent Markaziy geologiya qidiruv faoliyati, ekspedisiyadagi asosiy transport  texnikalari bilan tanishib, Ungurlikon uchastkasidagi burg‘ulash ishlarini, kern saqlash omboridagi texnologik jarayonlarning guvohi bo‘lishdi. Shuningdek, ekspedisiyaning “Sharqiy Qurama dala ekspeditsiyasi” laboratoriyasi kompleksi faoliyati ham OAV vakillarida katta taassurot qoldirdi.

Prezidentning joriy yil 28-fevraldagi PF-27 farmoniga asosan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yilida amalga oshirish” ga oid Davlat dasturi doirasida Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspedisiyasida bir qator loyihalar amalga oshirildi. Toshkent MGQE ikkita dala ekspeditsiyasidan iborat bo‘lib, birinchisi “Sharqiy-Qurama” dala ekspeditsiyasidir. Ushbu ekspedisiya tomonidan bugungi kunga qadar Qizil olma va Chodak ma’dan maydonlarida nodir va rangli metallarni geologik izlash va baholash ishlarini 13 ta loyiha asosida olib borilmoqda. Bulardan 6ta loyiha davlat byudjeti va 7ta loyiha maxsus hisobidan ajratilgan mablag‘lari hisobiga amalga oshirildi. Ikkinchisi Olmaliq dala ekspedisiyasisi bo‘lib, unda joylashgan Qalmoqqir koni o‘zining ko‘lami va olinadigan foydali qazilma boyliklari turfaligi tufayli (Mendeleyev sistemasining 10-dan ortiq rangli, nodir va noyob elementlari), dunyodagi barcha geologik darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, dunyo miqyosidagi yirik konlar qatoridan o‘rin olgan. Prezidentning “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq bugungi kunda “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunga ko‘ra,  OKMKning ishlab chiqarish quvvati 4 barobarga ko‘payishi kutilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun hozirda 3-Mis boyitish fabrikasining qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

- Hozirgi kern(silindrsimon diametri uzunligidan kichik bo‘lgan tog‘ jinsi) saqlash  omborida 22500 ta kern yashiklari bo‘lib, 135 000 pogonometr  kernlar saqlanayapti, - deydi Olmaliq dala ekspeditsiya bosh geologi Davron Ermatov. - Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida hozirda Olmaliq dala ekspeditsiyasi rangli va qimmatbaho metallarni izlash va qidirish maqsadida, 2 ta polimetal ma'danlariga, 6ta mis ma'danlariga va  5ta nodir metallarni izlash va baholash ishlari loyihalari ustida ish olib bormoqda.

So‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan geologiya qidiruv sohasiga qaratilayotgan e'tibor tufayli sohaning moddiy texnik bazasi tubdan yangilandi, yangi maxsus texnikalar va chet el ilg‘or texnologiyalariga asoslangan burg‘ilash uskunalari olib kelindi va natijada ish unumdorligi bir necha barobarga oshdi. Xususan, bir oyda zamonaviy burg‘ilash uskunasi orqali 1 000 p.metrdan yuqori burg‘ilash ishlari bajarishga erishilmoqda. Avval olib borilgan geologiya qidiruv ishlarida 600 metr chuqurlikgacha o‘rganilgan bo‘lsa, hozirda esa 1 200 metr chuqurlikgacha burg‘ilash orqali geologik o‘rganish imkoniyatlarini yaratmoqda. Bu esa albatta, foydali qazilmalar zaxira va resurslarining mineral xom ashyo bazasini kengaytirishda keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Sohada amalga oshirilayotgan ishlarga Olmaliq hududida ochilgan mineral xom ashyo bazasini o‘sishiga xizmat qiluvchi yirik mis-porfirli Miskon konini yaqqol misol qilib keltirsak bo‘ladi. Bundan tashqari, Qorabuloq va Yoshlik-2 konlarining chuqur gorizontlarini va qanotlarini qo‘shimcha qidirish hisobiga mis-molibden, oltin zaxiralari oshirilmoqda. Qo‘rg‘oshin-rux mineral xom ashyo bazasini kengayishi Kulchulak koni va Markaziy uchastkalari hisobidan, oltin zaxiralarining kengayishi esa Quyikenjasoy, Janubiy-1 va Togap uchastkalari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Press-tur davomida jurnalistlar bugungi kunda geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspedisiyasi misolida batafsil tanishishdi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech