Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Yildan yilga ishlab chiqarish quvvatlarini oshirib borayotgan OKMK tarkibidagi ochiq va yopiq konlarning ish quvvatlari o‘sish ko‘rsatkichlariga o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Sutkasiga 285 tonna kvarsli flyus rudani tog‘lar bag‘ridan, ishlab chiqarish jarayonlariga yo‘naltirib kelayotgan Kovuldi koni sanoat zanjirida muhim sanaladi.
Konni Ruda tayyorlash uchastkasida bugungi kunda ishlar qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, mazkur uchastka tomonidan 2021-yilda ruda ortish jo‘natish, ruda tarkibida oltin va kumush rejasi kabi vazifalar yorug‘ yuz bilan ado etilgan.
Ona zamin qa'ridan qazib olinayotgan qimmatbaho metallarga boy rudalar ma'dan tayyorlash uchastkasida maydalanib va laborator jarayonlardan o‘tib, Mis eritish zavodiga yuboriladi.
Ma'dan tayyorlash uchastkasi faoliyati nafaqat Kovuldi koni balki Mis eritish zavodida kechadigan muhim jarayonlarda ham o‘ta ahamiyatlidir.
Uchastkada kondan keltirilgan 285 tonna ma'dan muayyan shixtalashdan so‘ng texnikaviy shartlarga muvofiq, maydalash qurilmasida flyusli ma'danga aylanadi. Yirik maydalagich va spiralli tasniflagich yordamida yuvilib, fraksiyalar bo‘yicha 2 sinfga bo‘linadi. 0-16 mm hamda 16-50 mmgacha bo‘lgan ma'danlar.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, flyusli rudaning tarkibida 55 foizdan ziyod kremniy dioksidi mavjud shu bois metallurgiya jarayonlarida xomaki misni shlakdan ajratishda foydalaniladi.
Kovuldi koni Ruda tayyorlash uchastkasi Alisher Hayitboyevning ma'lumotiga ko‘ra, uchastkada jag‘li hamda konusli maydalagichlar mavjud. Bu yerda juda muhim ikki bo‘linma ya'ni Texnik nazorat xizmati hamda Kimyoviy tahlil laboratoriyasi ulkan jarayonlar uchun xizmat qilib kelmoqda.
Maydalangan ruda, dastlab texnik nazoratdan o‘tadi. Bu yerda bir necha barobar kichik hajmdagi maydalash uskunalari rudalarni 00,1 mmgacha hajmda maydalab kimyoviy tahlilga jo‘natadi.
Larisa Xarchenko rahbarligidagi tahlilchilar esa ruda tarkibida oltin, kumush va qattiq metallarni aniqlashda xizmat qilib kelmoqda. Aytaylik ular tahlili bilan 1 tonna ruda tarkibida 15 grammgacha oltin mavjudligi, 100 gr va undan oshiq nodir metallar ham aniqlanadi. Bu yerda asosiy jarayonlar kichik hajmdagi eritish pechlarida kechadi. 2021-yilning sentyabr oyida keltirilgan EPShT-24 elektropechida esa +1050 haroratgacha rudani eritish jarayonlari kechadi.
Eritish jarayonlarida ishlatiladigan kek tayyorlash mas'uliyatli vazifadir. Uning tarkibini aniqlash esa ruda tarkibini aniqlashdan boshlanadi. Ushbu laboratoriyada ayni jarayonlar yuqori aniqlikda olib boriladi. Elektropechlarda eritilgan ma'dan kichik hajmdagi zamonaviy o‘lchov tarozilarida mikrogrammlargacha o‘lchanib keyingi asosiy jarayonlar uchun xulosalar beriladi. Bu esa rudani keyingi bosqichga jo‘natish uchun o‘ta muhimdir.
Shuningdek, uchastka tarkibida yopiq konda yuzalarni mustahkamlash uchun yog‘och to‘sinlar tayyorlash bo‘linmasi xizmat qilib kelmoqda.
Konning mo‘'jaz uchastkasi tarkibida maydalovchi, ekskavator haydovchisi, elektrochilangar, elektrgazpayvandlovchi, yog‘och kesuvchi, romichilar o‘z faoliyatini olib boradi. Ular ko‘magida esa bugungi natijalar quvonarli.
Uchastkada maydalangan 280 tonnadan ziyod ruda Texnik nazorat hamda laborator xulosalardan so‘nggina har biri 60 tonna sig‘imli temiryo‘l dumpkarlariga ortilib, Mis eritish zavodiga yuboriladi. Kondan chiqarilgan ma'dansiz rudalar esa shaxta ustki qatlam uchastkasida maydalanib kon ehtiyojlari yo‘lida foydalaniladi. Ularning har bir mas'uliyatli faoliyati, xulosalari qimmatbaho metallar ishlab chiqarish jarayonlari uchun muhimdir.
OKMK Axborot xizmati