• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Velosportchilarimizning gʻalabalari

20 Mart 2024, 9:24 831

Joriy yilning 18-mart kuni velosport boʻyicha Oʻzbekiston Milliy Terma Jamoasi va "Tashkent City Women Professional Cycling Team" jamoasi a’zolari trek boʻyicha Hindistonning Dehli shahridagi Osiyo Chempionatida va Gongkongdagi Jahon Kubogida qatnashib, zafarli yutuqlar bilan yurtimizga qaytib kelishdi.

Quyida natijalar bilan boʻlishamiz:

Vakillarimiz Hindistonda Osiyo velo chempionatini 6 ta medal, 4 ta kumush va 2 ta bronza bilan yakunlashdi. Quvonarlisi shuki, ayollar oʻrtasidagi Medison guruh poygasida kumush medalni qoʻlga kiritgan Zabelinskaya hamda Koziyeva juftligi jamoamizga Parij-2024 Olimpiya Oʻyinlari litsenziyasi yoʻlida 1080 reyting ochkoni taqdim etdi.

Gongkongda Jahon kubogining ikki bosqichi yakuniga koʻra, terma jamoamiz Medison dasturidagi yorqin ishtiroki bilan 1488 ochkoga ega chiqib, 22 ta mamlakat orasida yettinchi oʻrinni egalladi. Taʻkidlash joizki, bunday ishtirok Oʻzbekiston velosporti trek yoʻnalishida esda qolarli va tarixiy natija boʻldi, hamda jamoamiz Jahon kubogining 2 bosqichi soʻnggida 1568 ochkoni oʻz hisobiga yozib qoʻydi.

Eng soʻnggi natijalarga koʻra, umumiy hisobda "Tashkent City Track Team" ayollar jamoasi Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI) reytingida Medison boʻyicha 4165 ochko bilan 3-oʻrinni band qilib turibdi.

Jahon kubogining uchinchi bosqichi esa aprel oyida Kanadaning Milton shahrida oʻtkaziladi.

Jamoamiz allaqachon Parij Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi muhim 4 ta litsenziyani qoʻlga kiritishgan va bu yoʻlda peshqadamlikni qoʻldan berishmayapti.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Velosiped sporti Federatsiyasi hamda “Tashkent City Professional Cyling Team”, “Tashkent City Professional Cycling Women Team” va “Tashkent Track Team” jamoalarining Bosh homiysi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hisoblanadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech