Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xalqaro hamkorlik: xotin-qizlar salohiyatini oshirish istiqbollari

17 Iyul 2026, 14:24 402

Joriy yilning 9–15-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda tizim osti korxonalari, jumladan, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ delegatsiyasi tarkibidagi Xotin-qizlar va gender tengligi bo‘yicha maslahat kengashlari raislari Chexiya Respublikasining Praga shahrida bo‘lib o‘tgan o‘quv-amaliy tajriba almashish dasturida ishtirok etishdi.

Mazkur xalqaro dastur doirasida o‘zbek delegatsiyasi tomonidan og‘ir sanoat va tog‘-kon tarmoqlarida xotin-qizlar uchun xavfsiz hamda mo‘tadil mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha Yevropa davlatlarining ilg‘or tajribasi o‘rganildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarning professional ko‘nikmalarini oshirish va ularni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash tizimi, xotin-qizlar tadbirkorligi hamda moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Korxonalarda sog‘lom va barqaror muhitini shakllantirish hamda ayollarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish strategiyalari ham diqqat markazida bo‘ldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari tashrif davomida Yevroparlamendning Pragadagi axborot ofisida ham bo‘lishdi. U yerda Yevropa Ittifoqining shakllanish tarixi, institutsional tizimi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari, iqtisodiy-siyosiy integratsiya jarayonlari hamda demokratik boshqaruv tamoyillari haqida batafsil ma’lumotlar olishdi.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ vakillarining ushbu nufuzli o‘quv-amaliy dasturdagi faol ishtiroki Yangi O‘zbekistonda inson kapitali va gender tengligini rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlarning amaliy ifodasidir. Dastur yakunida barcha tinglovchilarga xalqaro darajadagi maxsus sertifikatlar topshirildi.

Oʻquv-amaliy dastur doirasida Praga shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlar va sermazmun muloqotlar davomida orttirilgan zamonaviy ko‘nikmalar Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Olmaliq KMK” AJ hamda “Navoiy KMK” AJ tizimidagi korxonalar mehnat jamoalarida keng joriy etiladi.

Bu kabi xalqaro tashabbuslar sohada fidokorona mehnat qilayotgan minglab xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini va professional salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech