• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi metallurgiya majmuasini qurilish ishlari boshlandi

24 Avgust 2022, 14:21 2109

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida megaloyiha deya e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida bir qator obyektlar qurilishi belgilangan. Jumladan, “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish” loyihasi ikki bosqichda amalga oshirish belgilangan. I bosqichda 2021-2025 yillarda 290 ming tonna mis katodi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumush, II bosqichda esa 2024-2028 yillarda 400 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush metallari ishlab chiqarishga erishiladi. Albatta, mazkur loyihalar bilan bir qatorda yangi mis boyitish fabrikalari , metallurgiya majmualari, barpo etiladi. Bugungi kunda loyihani o‘zlashtirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilayapti.

Maqsadli va investitsiya resurslaridan oqilona foydalanish, loyiha-smeta hujjatlari va tasdiqlangan byudjetga muvofiq obyektlarni loyihalashtirish va qurish normalari bilan belgilangan muddatlarda amalga oshirish hamda ilg‘or ishlab chiqarish usullari, shuningdek qurilishning sifat darajasini zamonaviy talablarga tengligini ta'minlash maqsadida OKMK AJda yangi metallurgiya obyektlarini qurish direksiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, Mis eritish zavodining maydonida qurilayotgan metallurgiya majmuasida, birinchi bosqichda quvvati 240 ming tonna, ikkinchi bosqichda 500 ming tonnagacha bo‘lgan konvertor, anod va eritish pechlari quriladi.

Bundan tashqari, 2-bosqichda 6-va 7-sonli 70 ming m3/soat quvvatga ega havo taqsimlash sexi, 5-va 7- sonli ishlab chiqarish quvati 1,8 mln tonna teng Sulfat kislota sexi hamda birinchi bosqichda yiliga 300 ming tonna mis katodi, ikkinchi bosqichda 500 ming  tonna mis katodi ishlab chiqarish quvvatiga ega misni elektrolizlash sexi va  shixta tayyorlash ombori barpo etiladi.

Mazkur ishlar bilan bir qatorda, 1650 o‘ringa mo‘ljallangan quruvchilar shaharchasining bunyod etilishi ham boshlab yuborilgan. Bu yerda quruvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Bugungi kunda direksiya ishchi-xodimlari tomonidan mavjud ishlab chiqarishda foydalanilmayotgan hududlarda misni elektrolizlash sexini qurish loyihasi va xom-ashyoni saqlash uni quritish hamda eritish qozonlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pnevmatik transport orqali berish kabi loyihalar ishlab chiqildi va bir qator vazifalar bajarildi.

Yangi ob'ektning qurilish ishlari 2025 yilda yakunlanib, to‘liq quvvatda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda НАТСН kompaniyasi tomonidan obyektning ishlab chiqarish texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech