"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Operatsion samaradorlikni oshirish “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, korxonaning iqtisodiy barqarorligini taʻminlash, resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish orqali barqaror rivojlanishni kafolatlaydi. Bu jarayon mahsulot tannarxini pasaytirish, energiya va xomashyo tejamkorligini oshirish, shuningdek, texnologik va tashkiliy samaradorlikni yaxshilash orqali kombinatning dunyo bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu muhim yoʻnalishda kombinatda yangi mexanizm joriy etildi. Endilikda mazkur mexanizm yordamida xodimlar takliflarini taqdim etib, kombinatning operatsion samaradorligini oshirishga hissa qoʻshish orqali moddiy ragʻbatlantiriladilar.
Xodimlar, kon ishlari, boyitish, metallurgiya, energetika, mexanika, transport, qurilish, raqamlashtirish, yoqilgʻi-energiya va xomashyo sarfini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha takliflarini taqdim etishlari mumkin boʻladi.
Yangi mexanizmning boshqa oʻxshash mexanizmlardan afzalligi, muallif uchun taklifni ishlab chiqishda maksimal yengilliklar yaratish hamda taklifni tatbiq etishda ishtirok etgan barcha xodimlarni rag‘batlantirishdan iborat.
Jarayon qanday ishlaydi?
Operatsion samaradorlikni oshirish takliflarini taqdim etish, koʻrib chiqish va amalga oshirish toʻrt bosqichdan iborat:
Ragʻbatlantirish
Taklif amalga oshirilgandan soʻng yillik keltirgan foydadan 10 foizgacha umumiy ragʻbatlantirish miqdori aniqlanadi. Umumiy rag‘batlantirish mablagʻlarining 60 foizi loyiha boʻyicha taklif muallifiga, 40 foizi qolgan ishtirokchilarga taqsimlanadi.
Kombinatning barcha xodimlarini operatsion samaradorlikni oshirishda o’z hissasini qo’shishga chaqiramiz!
Qo‘shimcha ma’lumotlarni tarkibiy bo‘linmada tashkil etilgan Ishchi guruhdan olishingiz mumkin.
Bobur Siddikjonov,
Transformatsiya, ESG va xalqaro reytinglar loyiha ofisining strategiya
va operatsion samaradorlikni oshirish boʻlimi boshligʻi