• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi uskunaning samaradorligi yuqori

04 Fevral 2022, 14:40 1995

Xabaringiz bor, OKMK Markaziy ta'mirlash mexanika zavodining Mexanik-yig‘uv sexidagi tog‘-kon uskunalarini tayyorlash uchastkasi kengaytirilgan edi. Uchastka o‘tgan yilda ishlab chiqarish jarayonlari uchun o‘ta ahamiyatli bo‘lgan dastgohlar bilan ta'minlandi. Xususan, 2021-yilning sentabr oyining so‘nggida ishga tushirilgan Germaniyaning 5 o‘qli HBW 2500/130 rusumli parmalovchi, silliqlovchi dastgohi mahalliylashtirish dasturi doirasidagi muhim tashabbuslardandir. 

Jumladan, 2022-yilning 31-yanvar kuni mazkur uchastkada Germaniyaning Gleason P2000 texnologik uskunasi ishga tushirildi.

Ushbu uskuna 100 tonnagacha bo‘lgan ehtiyot qismlariga tish ochib beradi. Dastgohda zavod pechkalari uchun zaruriy bo‘lgan katta hajmdagi  uskunalarga tish ochish va parmalash jarayonlari yuqori aniqlikda olib boriladi. Dastgohlar to‘liq avtomatlashgan tarzda vaqt va mablag‘ tejalishini ta'minlashni boshladi.

Uchastka boshlig‘i Feruz Tanjarovning ma'lum qilishicha, uskuna yuqori aniqlikda ishlaydi va dastgohni ishga tayyorlash avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Ya'ni maxsus dasturga chizma o‘lchamlari kiritilib, hisob kitoblar yuqori aniqlikda avtomatik amalga oshiriladi va dastgoh ishga tushadi. Natijada esa ulkan pechkalar uchun xizmat qiladigan ehtiyot qismlarining ishlash vaqti yanada uzayadi. 

Ushbu tishli ferezerli uskunasi ishga tushirilib, birinchi mahsulotni ham berdi. Bu uskunaning afzalliklari shundaki avvallari bitta detalga ishlov berishda 3,5-4 sutka vaqt ketgan bo‘lsa bu vaqtni 3 baravarga kamaytirib beradi. Aniqlik darajasi 0,001 mikronga teng. Masalan,  hozirda Mis boyitish fabrikasidagi tegirmonlarning ehtiyot qismlari tayyorlanmoqda.

 Fevral oyida Gleason P8000 texnologik uskunasini montaj ishlari boshlanadi. Bu uskuna barabanli tegirmonlarning veneslarini tayyorlashda foydalaniladi. Avval 1ta venes tayyorlash uchun 30 kun ketgan bo‘lsa bu uskuna yordamida 2ta venes tayyorlanadi.

Yoshlik-1 konining o‘zlashtirilishi natijasida, 3-MBFning ham ishga tushirilishi esa,  bu kabi dastgohlarga talabni oshiradi. Shu maqsadda uchastkada yana bir ulkan dastgoh o‘rnatilish arafasida.

Ta'kidlash kerakki, so‘nggi rusumdagi yuqori sifatga ega bo‘lgan zamonaviy dastgohlar,  kombinat bo‘linmalari uchun  zarur bo‘lgan o‘chirish klapanlarini, zavod va fabriklardagi tishli ehtiyot qismlariga bo‘lgan talabni ichki tartibda import mahsulotlarisiz ta'minlabgina qolmay, mavjudlarining uzoq muddatli faoliyat ko‘rsatishiga ham xizmat qiladi.  

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech