• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda raqamli transformatsiya: yuqori iqtisodiy samaradorlik

13 Iyun 2024, 10:31 1010

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida raqamli transformatsiya doirasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2024 yilning 5 oyi mobaynida Prezidentimizning 2023 yil 24 maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-sonli Qarori doirasida belgilangan vazifalar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Axborot xavfsizligi siyosati va hujjatlarini Xalqaro ISO/IEC 27000 standartiga muvofiqlashtirish ishlari yakuniga yetkazilib, 29ta hujjatlar ishlab chiqildi. Texnik tizizmlar xavfsizligi xizmati Axborot xavfsizligi boʻlimi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, joriy yil iyun oyi davomida kombinat tarkibiy boʻlinmalari xodimlari uchun oʻquv seminarlari tashkil etiladi.

 Imtiyozli foydalanuvchilar nazorati va monitoringi tizimi (Privileged Access Management) doirasida maxsus dasturiy ta’minoti yordamida OKMK axborot tizim va resurslarida ishlayotgan foydalanuvchilar (administratorlar) harakatlari auditi va ruxsatsiz kirishdan himoya qilish tizimi tashkil qilindi.

 Yer osti kon ishlarini tezkor rejalashtirish avtomatlashtirilgan tizimini joriy etilmoqda. Hozirda dasturiy ta’minot litsenziyalari oʻrnatildi. Ekspluatatsion modellarni tuzish va laboratoriya axborot tizimi bilan integratsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Angren kon boshqarmasining kon ishlarini uzoq, oʻrta va qisqa muddatli rejalashtirishni, qazib olinadigan ruda hajmining hisobotini va kon uskunalarini jalb qilish jadval dinamikasini tuzish va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi. Operatsion xarajatlar 2 foizga kamayishi, ish samaradorligi 5 foizga oshishi kutilmoqda.

Shuningdek, laboratoriya ma’lumotlarini boshqarish tizimi joriy etilib, Qalmoqqir kon boshqarmasi va Markaziy tahlil laboratoriyasi oʻrtasida barcha sinov namunalarini roʻyxatga olish va natijalar hisobini elektron shakllantirish yagona axborot makoni yaratildi. Tizim yordamida namunalarining natijalarini yetkazib berish vaqti qisqartirildi va 20 ta qogʻoz hisobotlari raqamlashtiriladi. Hozirda ushbu tizimni Angren, Xondiza, Chodak kon boshqarmalarida joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

2024 yilda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan chora-tadbirlar umumiy soni 35 ta boʻlib, joriy yil 5 oy mobaynida 15 ta chora-tadbir amalga oshirilgan.

Xususan,  Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Markaziy ta’mirlash-mexanika zavodi, Sanoat suv ta’minot sexi va Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasida “Elektron jurnallar” axborot tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi. Natijada naryad-topshiriq, yoʻl-yoʻriq roʻyxatga olish, I va II pogʻona jurnallarini elektron shaklga oʻtkazish va tahlil qilish,  shuningdek, vaqt sarfini 3 barobarga qisqartirish imkoniyati yaratiladi.

Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtlarni hisobini yuritish va nazorat qilish axborot tizimini ishlab chiqilib, ekilgan daraxtlar boʻyicha statistika yuritish va tahlil qilish imkoniyati yaratildi.

2-Mis boyitish fabrikasida bunkerlardagi ruda darajasini taqsimlash maqsadida 4 ta lazer datchiklari oʻrnatilib, telejkani onlayn nazorat qilish ikoniyati yaratildi. Bu esa tegirmon bunkerlarini ruda bilan bir me’yorda ta’minlanmoqda. Shuningdek, fabrika mnemosxemasi (SCADA) toʻliq yangi tizimga oʻtkazildi va qoʻshimcha texnologik jarayonlar ma’lumotlarini taxlil qilish imkoniyati yaratildi.

Ijro apparatida ma’lumotlarni uzatish tarmogʻi modernizatsiyasi doirasida 14 km aloqa kabeli yotqizilib, 12 ta boshqaruv kommutatorlari oʻrnatilib, sozlandi. Natijada ma’lumotlar almashinuvi tezligi  10 barobarga oshirildi va tarmoq xavfsizligi ta’minlandi.

Buxgalteriya, moliyaviy hisobot va ma’lumotlar konsolidatsiyasining avtomatlashtirilgan 1S:ERP (Performance) axborot tizimi takomillashtirilib, 3 barobarga ishlash barqarorligi oshirildi va interfeys funksiyalari kengaytirildi.

ASU GTK loyihasi doirasida server quvvatlarini kengaytirish maqsadida 8 server qurilmalari montaj-ishga tushirish ishlari amalaga oshirilib, ma’lumotlar saqlash tizimi 290 TB kengaytirildi.

“Xatarlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqilib, sanoat foydalanishga topshirildi. Natijada OKMKning barcha xatarlar roʻyxati tuzilib tizimga kiritildi. Xatarlarni tahlil qilish natijasida, ushbu xatarlarni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda yordam beradi.

Prezidentimizning Qaror va Farmonlarida belgilangan topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish uchun “Topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish” tizimi ishlab chiqildi. Mazkur tizimda OKMK boshqaruv raisining oʻrinbosarlariga kelib tushgan topshiriqlarni sonini, bajarilgani va topshiriqlarning bajarish muddatlarida kechikish mavjudligi vizual koʻrinishda koʻrsatib berish imkoniyati mavjud.

 “Interaktiv dashbordlar (BI) axborot tizimi”da “Operativ ishlab chiqarish hisoboti” yaratildi va 20-maydan boshlab qogʻoz shaklidagi hisobotlarni bosh mutaxassislarga tarqatish toʻxtatildi.

Muhandislar maktabini tashkil etish loyihasi doirasida 100 ta kompyuter va orgtexnika, 17 ta interaktiv panel va proektor 8 ta avtomatlashtirish sohasida stendlar oʻrnatildi. Avtomatlashtirish sohasida mutaxassislarni oʻqitish boʻyicha oʻquv dastur va qoʻllanmalar ishlab chiqildi. Hozirda MBF, 2-MBF, MEZ, ICHAB dasturchilarini qisqa muddatli oʻqitish tashkil etildi.

 2024 yil yakuniga qadar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan 21ta chora-tadbirlar mavjud.

Jumladan, MBF, 2-MBF va MEZda texnologik jarayonlarning ma’lumotlar bazasini ishga tushirish (PI System), texnologik jarayondagi ma’lumotlarni konsolidatsiya va vizualizatsiya qilish hamda qurilmalarni 30 ming signallar orqali onlayn nazorat va tahlil qilish hisobiga tezkor qaror qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Mis boyitish fabrikasida texnologik jarayonlarida ruda-suv nisbatlarini avtomatlashtirish boʻyicha 15 ta nazorat va oʻlchov javonlari yigʻilib, sozlandi. Tizimni ishga tushirish uchun zarur boʻlgan zulfinlar iyun oyida yetkazib berilishi kutilmoqda. Tizimni ishga tushurish natijasida yiliga 1,8 mln kub suv tejash erishiladi.

Angren kon boshqarmasi Oltin saralash fabrikasida avtomatlashtirish tizimi nazorat va oʻlchov asboblari montaj-sozlash ishlari amalga oshirilib, texnologik jarayonini optimal rejimda yuritish va uskunalarni samaradorligini oshirish erishiladi.

Xondiza boyitish fabrikasida texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatik tizimi yuqori darajadagi uskunalarni modernizatsiyasi doirasida boshqaruv javonlari (4 ta), nazorat va oʻlchov asboblari (250 ta) hamda kontrollerlar (Siemens) toʻliq yangilanadi. Dasturiy ta’minoti Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi tomonidan yaratiladi.

Korporativ tarmoqqa ulanishni boshqarish tizimini joriy etish (NAC) natijasida 5000 ortiq foydalanuvchi va qurilmalarni markazlashgan nazorati yoʻlga qoʻyiladi.

Ijro apparatida yagona markazlashgan dispetcherlik punkti joriy etish hisobiga, 15 tarkibiy boʻlinmalarning biznes va texnologik jarayonlarni nazoratini yuritish va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.

“Qalmoqqir” va “Yoshlik-I” konlarida kon-transport boshqaruv tizimining 1-va 2-navbati yakuniga yetkazilib, 99 ta avtosamosval, 29 ta ekskavator, 16 ta burgʻilash texnikasi, 192 ta  yordamchi texnikalar maxsus texnik apparat vositalari jihozlandi. Ma’lumotlarni “onlayn” shaklda jamlash va qayta ishlash yoʻlga qoʻyish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtosamosvallarning yuklashni nazorat qilish tizimi tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Loyihani toʻliq ishga tushirish natijasida (joriy yil oktyabrda) togʻ-kon jinsini tashish hajmi 10 foizgacha oshirish kutilmoqda.

 “Olmaliq KMK” AJ

Axborot texnologiyalari departamenti

Bo`lishmoq:
Text to speech