• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Zamonaviy rahbar qanday bo‘lishi lozim?

26 Dekabr 2023, 8:11 1552

Kuni kecha kombinat ijro apparatida tashkil etilgan seminarda shu savolga javob berildi.

Har qanday mehnat jamoasining rivojida zamonaviy boshqaruv qobiliyatiga ega, har qanday vaziyatdan oqilona chiqib keta oladigan, o‘zgarishlarga hamisha tayyor tura oladigan rahbar muhim o‘rin egallaydi. Aynan shunday rahbarlar natijadorlikni ta'minlay oladi. Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham shu masalaga alohida e'tibor qaratilgan. Seminar davomida aynan shu masalalar muhokama etildi.

Shu kuni, bo‘linmalar, zavod va fabrikalarda bevosita boshqaruv jarayonlarida ishtirok etadigan mutaxassislar transformatsion boshqaruv borasidagi bilimlarini mustahkamlashdi. 

Seminarda Moskva texnologik tadqiqotlar universiteti Moskva po‘lat qotishmalari institutining sanoat korxonalarida iqtisodiy boshqaruv fakulteti dekani Aleksey Mitenkov tomonidan boshqaruv transformatsiyasidagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida muhim bilimlar berildi.

20dan oshiq rahbar-xodimlar ishtirok etgan seminar interaktiv usulda tashkil etildi.

Falsafa fanlari nomzodi, dosent Aleksey Vladimirovich iqtisodiyot va biznes sohasida yuqori malakali mutaxassis bo‘lib, Kompaniyalarni boshqarishdagi ilg‘or mamlakatlar tajribasi va ushbu masalaning nozikliklarini keltirib o‘tdi.

-  O‘zbekistonga tashrifim davomida turli shaharlarda bo‘ldim. Kombinatdek yirik korxona vakillari bilan ko‘rishganimdan juda xursandman, deydi- Aleksey Mitenkov. -Ularning boshqaruv borasidagi tajribalari e'tiborga loyiq. Seminarimiz asosan ekspress taqdimotdan iborat. Boshqaruvdagi transformatsiya, o‘zgarishlarni boshqarish borasida qatnashchilarning tajribalaridan o‘zim ham ko‘p narsani o‘rgandim. Agar har bir xodim o‘sishga va o‘zgarishlarga tayyor bo‘lsa va buni bajarsa, albatta yuqori natija bo‘ladi. Mana shu tadbirda O‘z bilimlarimni ulashganimdan xursandman.   

Ishlab chiqarishda boshqaruv transformasiyasi ya'ni o‘zgarishlarini muvaffaqiyatsizlikka uchrashi kuzatilar ekan, rahbarning to‘g‘ri yechim topa olishi muhim sanaladi. Uchrashuvda xodimning qarshiliklarini qanday baholash, ish faoliyatida nimalarni saqlab qolish va nimalardan voz kechish lozimligi borasida muhim bilimlar berildi. Tizimni tashkil eta olgan rahbargina muvaffaqiyatga erishishi mumkinligi ta'kidlandi.

Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan seminarda eng muhim xulosa va muammoli vaziyatlarga munosib yechimlar taqdim etildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech