Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Dunyoda har kuni o‘rtacha 55 000 ta kichik zilzila qayd etiladi. Ammo ularning aksariyati juda kuchsiz bo‘lgani uchun odamlarga sezilmaydi. Afsuski u tabiiy ofatlar ichida oldindan bashorat qilib bo‘lmasligi bilan halokatlidir. Ayniqsa, sanoat korxonalarida zilzila og‘ir iqtisodiy yo‘qotishlar va inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli OKMKning barcha tarkibiy bo‘linmalarida fuqaro muhofazasiga qaratilgan o‘quv-taktik mashg‘ulotlari doimiy o‘tkazib kelinadi, ana shunday navbatdagi o‘quv-taktik mashg‘uloti joriy yilning 26-fevral kuni Avtomobil transport boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ssenariysiga ko‘ra, 1-Avtokorxona hududida kuchli amplitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi. Mazkur favqulodda vaziyat haqida zudlik bilan tegishli tashkilotlarga xabar berilib, vayronalar orasidan qolgan ishchi-xodimlarni qutqarish ishlari boshlab yuborildi.
Jarohatlangan ishchilar xavfsiz hududga olib chiqilib, ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Zilzila sabab yuzaga kelgan olov ko‘ngilli ot o‘chiruvchilar hamda yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan bartaraf etildi.
o‘quv-taktik mashg‘ulot so‘ngida favqulotda holatni bartaraf etishda ishtirok etgan barcha kuch va tuzilmalarning harakatlari tahlil qilinib yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilindi.
Zero, zilzilaga tayyorgarlik bu insonlar hayotini saqlab qolish uchun zaruriy ehtiyot chorasidir.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: