"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332026-yilning I yarim yilligida “Olmaliq KMK” AJga kelib tushgan murojaatlar tahlili
Bugungi kunda mamlakatimizda kechayotgan keng koʻlamli islohotlarning bosh gʻoyasi — «Inson qadri uchun» tamoyiliga asoslangan. Davlat organlari, jamoat tashkilotlari va yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining eng muhim mezoni bu — xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri, ochiq va samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish hisoblanadi.
Joriy yilning boshida davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan ikkita muhim hujjat — Oʻzbekiston Respbulikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-30-sonli qarori, murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyatimizni mutlaqo yangi sifat bosqichiga olib chiqdi.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlar zimmasiga fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha juda katta mas’uliyat yuklaydi.
Qabul qilingan mazkur yangi tizimli talablar ijrosini biz joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga kelib tushgan murojaatlar misolida ham yaqqol koʻrishimiz mumkin.
Xususan, 2026-yilning I yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 740 ta murojaatlar roʻyxatga olinib, ular soni 2025 yil bilan solishtirilganda 402 taga kamaygan.
Murojaatlarning 733 tasi jismoniy shaxslardan, 7 tasi yuridik shaxslardan, 325 tasi yozma, 151 tasi ogʻzaki hamda 264 tasi elektron shaklda kelib tushgan.
Tahlillarga koʻra, hisobot davrida kelib tushgan murojaatlarda:
- 236 tasida ishga kirish;
- 206 tasida moddiy yordam ajratish;
- 93 tasida boshqa mazmundagi;
- 48 tasida ish haqi;
- 44 tasida ish joyini oʻzgartirish;
- 33 tasida mehnat nizolari;
- 27 tasida uy-joy va kommunal xizmatlar;
- 23 tasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga oid;
- 13 tasida maktabgacha ta’lim;
- 9 tasida mahsulot yetkazishga oid shartnoma shartlarini bajarilishi;
- 8 tasida yer ajratish masalalari koʻtarilgan.
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi hamda oʻrinbosarlarining jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy masalalar boʻyicha qabul kunlari belgilangan boʻlib, ularda 118 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan.
Shuningdek, hisobot davri davomida tasdiqlangan jadvalga muvofiq boshqaruv raisi hamda uning oʻrinbosarlari tomonidan hududlarda 6ta sayyor qabullar oʻtkazilgan va 27 nafar murojaatchilarning 35ta masalalari koʻrib chiqilib, barchasi ijobiy hal etildi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga toʻxtaladigan boʻlsak, ularning 464 tasiga huquqiy ma’lumot berish orqali hal etilgan, 253 tasi esa ijobiy yechim topgan. Shuningdek, 2 ta ariza tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yoʻnaltirilgan boʻlib, jarayondagilar soni 20 tani tashkil etmoqda. Murojaatlarni koʻrib chiqishda muddat buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilmagan.
BRIFING VIDEOSI: https://www.youtube.com/watch?v=TRo4D9HR8jk
Abror Kamilov,
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni
nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi