• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK faoliyatida raqamlashtirishning ahamiyati

25 Fevral 2022, 16:3 1778

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonamizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Ayniqsa, har bir sohaga joriy etilayotgan raqamlashtirish ish unumdorligini oshishiga, yuqori mehnat samadorligiga erishilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. OKMKda raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va pirovardida erishilayotgan yutuqlar haqida 2022-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida OKMK Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida batafsil ma'lumot berildi.

Tadbirda yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan OAV vakillari hamda OKMK boshqaruv raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari A. Azizov, xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari v.b. S. Shermatov, tijorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b. K. Ismayilovlar ishtirok etdi.

OKMKda raqamlashtirish doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida bir qator yutuqlarga erishildi. Jumladan, 2021-yilda kombinatda transportni boshqarish va nazorat qilish tizimi joriy etilib, loyiha doirasida 1700 ta transport vositalariga masofaviy nazorat - GPS tizimi, shuningdek barcha kon avtosamosvallari hamda ko‘chma yoqilg‘i quyish avtotransportlariga yoqilg‘i nazorati sensorlari o‘rnatildi. Natijada, 2021-yilda kombinat bo‘yicha 16,8 ming tonna (151 mlrd. so‘m) dizel- yoqilg‘isi tejab qolindi.

Texnologik transporti boshqarmasida TIS axborot tizimi joriy etilib, ushbu tizim 402ta transport vositasi bo‘yicha nazoratni olib boradi. Bu esa normalardan tashqari to‘xtashlarni qisqartirib, “Yoshlik I” konida tog‘ jinsini tashish hajmini o‘rtacha 10%ga oshirishga imkon berdi.

Bundan tashqari, Avtomobil transport boshqarmasida TMS axborot tizimi joriy etilib, ushbu tizim orqali 839ta transport vositasi bo‘yicha nazorat o‘rnatildi.  Barcha qog‘oz buyurtmalari to‘liq elektron tizimga o‘tkazildi.

Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasida RMS axborot tizimi joriy etilib, ushbu tizim yordamida 160ta transport vositasi nazorat etilishi yo‘lga qo‘yildi. Natijada temir yo‘l vagonlarini normadan ortiq to‘xtashlari oldi olinib, jarima to‘lovlari 6 martaga kamaytirilishiga erishildi.

Jizzax sement zavodida joriy etilgan tayyor mahsulotni yuklab jo‘natishni nazorat qilish axborot tizimi yuklash hujjatlari maxsus belgilardan  operativ qabul qilish imkonini beradi. Shuningdek, operatsiyalar kamera va tarozilardan avtomatik tarzda olinib, xizmat ko‘rsatish tezligi 2 barobarga oshirildi.

Buxgalteriya, moliyaviy hisobot va ma'lumotlar konsolidasiyasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilib, kombinatning 46ta tarkibiy bo‘linmalari uchun yagona hisobot axborot tizimi o‘rnatildi. Buning natijasida hisobotlarni va ma'lumotlarni yig‘ish, byudjetni rejalashtirishda vaqt sarfi 50 foizga qisqartirilib, ma'lumotlarda xatoliklar kamayishiga erishildi.

-“Olmaliq KMK” AJ rahbariyati tomonidan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish, texnik va texnologik jihozlarni qayta jihozlash va modernizasiya qilish, yangi ishlab chiqarish ob'ektlarini qurish bilan birga raqamlashtirish darajasini oshirishga alohida e'tibor qaratilayapti, - deydi A.Azizov.- Jumladan, 2021-yil sentyabr oyida ijro apparati tarkibida axborot texnologiyalari departamenti tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi idoraviy raqamli transformasiya dasturlarini ishlab chiqish va o‘z vaqtida amalga oshirish, kombinat bo‘linmalari o‘rtasida elektron hujjat aylanishi, elektron xizmatlar va elektron hamkorlikning boshqa shakllarini yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

2022-yilning yanvar oyida “Raqamli OKMK-2030” Konsepsiyasi doirasida barcha ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish maqsadida Raqamlashtirish bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari (Shief Digital Officer) lavozimi joriy etildi.

Shuningdek, kombinatda raqamlashtirishning joriy etish uchun bu sohada muvaffaqiyat qozongan dunyoning yetakchi kompaniyalarining tajribasini ham o‘rganish lozim.

Prezident Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 22-dekabr kuni Olmaliq shahridagi yirik sanoat korxonalari va ijtimoiy soha ob'yektlariga tashrifi davomida belgilangan “Olmaliq KMK” AJni transformatsiya qilish doirasida OKMK tomonidan 2022-yil uchun 26-yanvar 81-sonli buyrug‘i bilan kombinatning biznes jarayonlari va texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi tasdiqlandi.

Jumladan, resurslarni boshqarish tizimi ERP orqali boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, Angren kon boshqarmasi “Qizil-olma” va “Razvedochnaya” kon shaxtalarida “Tog‘-kon dispetcheri” dispetcherlik nazoratining avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish (Gorniy dispetcher), “Yoshlik-I” va “Qalmoqqir” konlarida raqamli texnologiyalarni qo‘llagan xolda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va unumdorligini oshirish (ASU GTK) ko‘zda tutilgan.

Shuningdek Kon-geologik kompleks axborot tizimini joriy etish (GGIS), TJBTA (ASUTP) tizimlarini modernizasiya qilish va joriy etish (Angren kon boshqarmasi, Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Xondiza kon boshqarmasi), Sherobod sement zavodida tayyor mahsulotni ortib jo‘natish avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish va transport texnikasiga taqsimlash ob'ektlari uchun yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish, mavjud elektron hujjat aylanish tizimini takomillashtirish, IT infratuzilmasini modernizasiya qilish ham belgilangan.

OKMKda raqamlashtirish loyihalarini amalga oshirilishi bilan bir qator natijalar kutilmoqda. Xususan, kon ishlarini bajarishda tezkor boshqaruvi tashkil etiladi. Marksheyder, konchi va geologlar uchun konning yagona raqamli model' tizimi yaratiladi. Xalqaro JORC standarti asosida zaxiralarniing hisobga olish aniqligi oshiriladi. Kombinat biznes jarayonlarining yagona axborot makoni yaratiladi. Tog‘ jinsini tashish hajmi 10%ga oshib, texnikaning xarajatlari 5-10%ga, yonilg‘i sarfi 10%ga kamayadi. Kontragentlarga xizmat ko‘rsatish tezligi oshib, kirish, chiqish va lokal hujjatlarning elektron nusxalari saqlanadi. Barcha hujjatlar elektron shaklda aylanishi, kafolatlangan elektr ta'minoti, server uskunalari ishlashi uzluksiz ta'minlanadi. Ma'lumotlarni himoya va yaxlitligi ta'minlanib, server uskunalari avtonom  ishlaydi.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Sherzod Tilovberdiyev,

veb muharrir

Bo`lishmoq:
Text to speech