Yorqin ranglar va chiroqlar, jozibador raqslar, sho‘x kuy va qo‘shiqlarga boy bo‘lgan tanlov tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. “Metallurg” madaniyat markazida tashkil etilgan “OKMK super oilasi” tanlovining saralash bahsida odam gavjum bo‘ldi. Aayniqsa qarsaklar sadosi hamda hayqiriqlarning ovozi saroyni larzaga keltirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta'minlashga ko‘maklashish bo‘yicha “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan 2022-yilda bir qator ishlar amalga oshirildi.