• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Har bir rahbar mehnat muhofazasi masalasiga jiddiy qarashi zarur!

14 Mart 2025, 15:5 75

Joriy yilning 4-mart kuni “Metallurg” MSda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2024-yilda mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilga mo‘ljallangan vazifalar hamda kombinatda kasb kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda OKMK boshqaruv raisining o‘rinbosari v.b. – bosh muhandis S.Larionov, Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi hamda kombinat korxonalarining MM va XT bo‘yicha mas'ullari, tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari, kasaba uyushmasi qo‘mitalarining raislari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida so‘z olgan OKMK mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Jo‘rayev kombinatda 2024-yilda mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilga mo‘ljallangan vazifalar hamda kasb kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma'ruza qildi.

O‘z ma'ruzasida Sh.Jo‘rayev mehnatni muhofaza qilish holati, kombinat bo‘linmalari tomonidan profilaktika ishlari olib borilayotgani haqida batafsil ma'lumot berdi. Baxtsiz hodisalarga olib keladigan yondosh sabablarga va 2025-yilda mehnat jamoasi oldida turgan vazifalarga alohida e'tibor qaratdi.

Ma'sullar tomonidan kombinatda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotganligi ta'kidlandi. Xususan, ishchi-xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash, davolash-profilaktika tadbirlari, profilaktik tibbiy ko‘rik, malaka oshirish, qayta tayyorlash va sanoat xavfsizligi sohasidagi bilimlarini oshirish, shuningdek, ish joylarida va ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish holatini tizimli nazorat qilish borasidagi ishlar bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

Mehnatni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlarga qaramay, ro‘y berayotgan baxtsiz hodisalarning sabablari tahlil etildi.

Yuz bergan baxtsiz hodisalarning sabablari tahlil etilganida barcha baxtsiz hodisalarga mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etmaslik, jabrlanuvchilarning shaxsiy ehtiyotsizligi tufayli sodir bo‘lganligi aytib o‘tildi.

Tadbir davomida mas'ullar tarkibiy bo‘linmalarda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar hamda ularga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida, kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, mehnatni muhofaza qilishni ta'minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish to‘g‘risida hisobot berishdi.

Shuningdek, mas'ullarning ishlab chiqarish bo‘linmalarida sanoat xavfsizligining holati, tarkibiy bo‘linmalarda tibbiy ko‘riklar sifatini ta'minlashga va kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlari bo‘yicha hisobotlari ham tinglandi.

Axborot xizmati

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu