Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Joriy yilning 6-fevral kuni Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi Temirchilik payvandlash sexida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan OKMK jamoa shartnomasini 2024-yildagi ijrosining sarhisobi va sex kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada saylangan 41 delegatdan 40 nafari ishtirok etishdi. Dastlab, delegatlar tomonidan ishchi rayosat, kotibiyat va tahrir hamda sanoq komissiyasi saylab olindi.
So‘ngra, mas'ullar tomonidan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi va sex kasaba uyushmasining oxirgi 5 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlar berildi.
Bugungi kunda Temirchilik-payvandlash sexi ishchi-xodimlarining umumiy soni 379 nafar kishi, pensionerlarning soni 51 nafarni tashkil qiladi, ularning barchasi kasaba uyushmasi a'zolaridir. Shundan 71 nafari ayol kishilardan iborat bo‘lsa, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 141 nafarni tashkil qiladi.
Jumladan, hisobot yilida O‘zbekiston sanatoriylarida 102 nafar va kombinat sanatoriy-profilaktoriysida esa 227 nafar ishchi xodimlarimiz va ularning oila a'zolari dam olib, sog‘liklarini tiklashdi.
Shuningdek, hisobot davrida kasaba uyushmasi byudjeti mablag‘lari hisobidan uzoq vaqt kasallik varaqasida bo‘lgan ishchilarning sog‘liklarini tiklashlari uchun 162 nafar ishchi xodimlarga 48 600 000 so‘m miqdorida moddiy ko‘mak ko‘rsatildi. 2024-yilda 39 nafar ishchi-xodimlarga 12 200 000 so‘m miqdorida ijtimoiy yordam berildi.
Ishlamaydigan pensionerlarimizga Jamoa shartnomasiga ko‘ra har yili mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,64 barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.
Har yili yozgi ta'tilda bolajonlarni sog‘lomlashtirish va ularning ta'tillarni sermazmun o‘tkazish maqsadida 275 nafardan ortiq, jumladan 2024-yilda 56 nafar bolajonlar kombinat tasarrufidagi “Istiqlol”, “Gulzor”, “Metallurg” va “Tong” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida maroqli dam olib kelishadi.
Hisobot davri davomida “Oltin Olma” pansionatida, “Avtomobilchi”, “Moviy tog‘lar” dam olish maskanlarida 1000 nafardan ortiq, 2024-yilda esa 221 nafar ishchi xodimlar va ular oila a'zolari hordiq olishdi.
Sex ishchi xodimlariga ijtimoiy ta'tillar, 20 nafar farzandlari 1-sinfga chiqqanda ota-onasidan 13 nafariga bir kun, yaqin qarindoshlaridan kimdir vafot etganda ishchi xodimlarga ish haqi saqlangan holda mehnat ta'tillari berildi.
Ishchi xodimlarning 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga jami 1382 ta 2024-yilda esa 302 ta Yangi yil bayram sovg‘alari tarqatildi.
Kasaba uyushmasi xodimlarning Ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat vazifalarining to‘liq o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga ko‘maklashib kelmoqda.
Hisobot davrida ish beruvchining tashabbusi orqali xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan korxona Ichki mehnat tartibi qoidalari bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun 9 ta taqdimnoma ko‘rib chiqildi. Mazkur taqdimnomalarning 3 tasiga kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan rozilik berilgan, 6 nafariga rozilik berilmagan va xodimlar o‘z joylarida qoldirilgan.
Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasining Ma'naviyat-ma'rifat, sport, gender tenglikni ta'minlash, yoshlar siyosati kabi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirlgan ishlar yuzasidan ham hisobotlari tinglandi.
Bundan tashqari, kasaba uyushmasi qo‘mitasining har bir komisiyasi a'zolari ham o‘zlari bajargan ishlar bo‘yicha hisobot berishdi.
Tadbirda sex chilangar-ta'mirchisi Shavkat Norov so‘zga chiqib o‘z fikr-mulohazalarini bildirib shunday dedi: - Temirchilik payvandlash sexida ishlab kelayotganimga 42 yildan oshdi, bu vaqt mobaynida men bunday ahil mehnatkash jamoa bilan ishlayotganimdan mamnunman. Shu kungacha kasaba uyushmasi tomonidan ishchi xodimlarga qulay mehnat sharoitlari yaratish, ishchilarni sog‘lomlashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan menga yillar davomida sog‘lig‘imni tiklash uchun O‘zbekiston sanatoriyalari va kombinat sanatoriy-profilaktoriylariga oilaviy hordiq chiqarishim uchun juda ko‘p imtiyozlar berilgan.
Yillar davomida zavodimizda turli hil yo‘nalishlarda ma'naviyat soatlari, hamda bayramlarda ko‘ngilochar konsertlar, ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar, har-hil sport musobaqalarini tashkillashtirib kelmoqda. Yana bir e'tiborli jihati zavodimizda so‘nggi yillarda ko‘plab zamonaviy texnologik uskunalar olib kelindi. Bu esa biz ishchilarning mehnat samaradorligini ta'minlamoqda.
Respublikamizning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga ishchi-xodimlarimiz uchun imtiyozli narxlarda turistik sayoxatlar tashkil etilmoqda. Shuning men o‘zim ham Samarqand, Buxoro shaharlariga turistik sayoxatga borib keldim.
Kasaba uyushmasi hayotidagi barcha yangiliklar, eьlonlar MTMZ telegramm kanallari orqali yoritilib boriladi. Mening fikrimcha kasaba uyushmasining har bir korxonada, yaьni jamoada muhim o‘rni bor, chunki xar bir ishchi xodimning va shu katorda mening ham ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarimni himoyalaydi. Aynan bizning sex kasaba uyushmamiz boshqa korxonalardan farqli o‘larok jon kuydirib, ishchilarning manfaatlarini uylagan holda ishlaydi. Buning uchun sex kasaba uyushmasi tashkilotiga minnatdorchilik bildiraman va uylaymanki, bu fikrimga xamma qo‘shiladi.
Tadbirda delegatlar tomonidan Temirchilik payvandlash sexi kasaba uyushmasi tashkilotining “Olmaliq KMK” AJ 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi va sex kasaba uyushmasi tashkilotining 2020-yil iyuldan 2025-yil yanvargacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari bo‘yicha “qoniqarli” deb baholandi.
Shuningdek, delegatlar tomonidan sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga 3 nafar nomzod ko‘rsatilib, saylov ochiq ovoz berish va muqobillik asosida amalga oshirildi.
Delegatlar tomonidan bir ovozdan sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib Ozoda Baratova saylandi. Delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi tarkibi ham(11 nafar) shakllantirildi.
Tadbir davomida Markaziy ta'mirlash mexanika zavodining jamoa shartnomasi va hisobot saylov konferensiyalariga delegatlar ham saylab olindi.
Mazkur tadbir bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Ravshan Xamrayev,
MTMZ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: