• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

OKMK Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi: Sarhisob va galdagi vazifalar

28 Yanvar 2025, 15:7 212

Joriy yilning 27-yanvar kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashining 2024-yil yakunlari hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan vazifalarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

OKMK Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi raisi Feruza Hamidova olib borgan tadbirda kengashning 2024-yilda amalga oshirgan faoliyati tahlil etildi.

Tadbir davomida Kengash faoliyatida aniqlangan kamchiliklar, tarkibiy bo‘linmalar Maslahat kengashi raislari faoliyatini baholash, ijro intizomi holati kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Maslahat kengashi raisi o‘rinbosari K.Umaraliyevaning hisoboti tinglandi. Unga ko‘ra, bugungi kunda kombinatda 7555 nafar xotin-qizlar turli vazifalarda faoliyat yuritadi. 1070 nafar xotin-qizlar kombinat korxonalarida mas'ul lavozimlarda, 309 nafari boshqaruv tizimida faoliyat olib bormoqda.

OKMKda Xotin-qizlar balansi shakllantirib olinib, ijtimoiy holati va boshqa holatlar bo‘yicha aniq statistik ma'lumotlar yuritib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida kombinat hisobidan jami 67 nafar xodimlar ta'lim olmoqda, shundan 19 nafari ayol xodimlar. 2024-yil davomida 19 nafar ayollar uchun 221,7 mln so‘m miqdordagi kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi.

2024-2025-o‘quv yili uchun kombinatdagi 18 nafar ayollarga oliy ta'lim muassasalariga kirishlari uchun tavsiyanoma berildi.

Prezidentimizning “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Rux zavodi Velslash sexi shixtalovchisi Sayyora Qo‘chqorova “Shuhrat” medali bilan, Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi stansiyasi navbatchisi Shohida Mamadaliyeva “Mo‘'tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.   

Shuningdek, OKMKning 75 yilligi munosabati bilan Prezident farmoniga muvofiq 4 nafar ayollar davlat mukofoti bilan mukofotlandi.

Respublika “Olima ayollar” ilmiy loyihalar tanlovida OKMK “Yoshlik-1” koni mis-molibden ma'danlarini boyitish bo‘yicha yetakchi muhandisi, kimyo texnologiyalari PhD falsafa doktori Nargiza Ataqulova g‘oliblikni qo‘lga kiritib,  559 mln. so‘mlik grant mablag‘i sovrindori bo‘ldi. 

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida Respublika Gimnastrada festivalida “Kombinat go‘zallari” jamoasi  “Eng kreativ ijodkor jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Shuningdek, kengash tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida, “Ayollar sporti kuni” doirasida “Sportni sev, sport bilan yasha”, “Sport - salomatlik garovi” shiorlari ostida turli sport mashg‘ulotlari tashkil etildi va ayollar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Shuningdek, kombinat ishchi xotin-qizlari ishtirokida Maslahat kengashi tomonidan yurtimizda, kombinatda amalga oshirilayotgan islohotlar, sog‘lom mafkura, halol mehnat, ma'naviy, ahloqiy fazilatlar, ayollar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarlik holatlari profilaktikasi hamda zo‘ravonlik, oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvlari va turli loyiha va haftaliklar o‘tkazilmoqda.

“100 matonatli ayol”, “Farovon jamiyat sog‘lom mafkura bilan shakllanadi", “Mening baxtli oilam”, “Ma'rifatparvar ayollar - oila, jamiyat farovonligi bunyodkoridir”, “Onalar Yashil hayot uchun!”,, “Har bir ishchidan bir kitob”, “Milliy qadriyatlar oyligi”, “O‘zligimizni unutmaylik”, “Farzandim bilan faxrlanaman”, “Bolajon kombinat” kabi mavzularida targ‘ibot tadbirlari va amaliy seminarlar tashkil etildi.

Kombinatda ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bir birgamiz!” ijtimoiy loyihasi ham amalga oshirib kelinmoqda.

Har bayram kunlarida kombinatda mehnat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib kelinadi. Jumladan Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida 100 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bayram sovg‘asi va tabrigi korxona rahbarlari tomonidan yetkazildi. Va yana 100 nafar xotin-qizlarning poytaxtning diqqatga sazovor joylari va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohati tashkil etildi.  

O‘zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti hamda O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasi bilan hamkorlikda “Do‘stlar klubi” doirasidagi madaniy tadbirlarga, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Olimpiya zahiralari va boshqa muzeylariga o‘tgan davr mobaynida 2000 nafardan ziyod xotin-qizlar jalb etildi.  

Bundan tashqari, kombinat Xotin-qizlar kengashi mas'ulligida maxsus telegram guruhi shakllantirilib, xotin-qizlarning onlayn murojaatlari qabul qilinib, tezkor javob berish va qonuniy hal etish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning 9-15 sentyabr kunlari yurtimiz bo‘ylab "Xonatlas" haftaligi o‘tkazildi. Mazkur haftalikda kombinat xotin-qizlari faol ishtirok etishdi, 20 ta korxonada o‘tkazilgan chellenjlarda 500 nafardan ortiq xotin-qizlar faol ishtirok etdilar. 

1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozga ehtirom” haftaligi o‘tkazildi. Haftalik doirasidagi tadbirlarni barcha korxonalar namunali tashkil etdilar.

Noyabr-dekabr oylarida "Olmaliq KMK" AJ Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan "Onalar, farzandlar xavfsizligi uchun!" shiori ostida aksiya e'lon qilinib, ko‘ngillilar guruhi tashkil etildi.

Har bir guruh ko‘ngillilari ertalab tig‘iz vaqtda farzandlarimizni piyodalar o‘tish yo‘laklaridan maktabga xavfsiz o‘tishlariga ko‘maklashdilar. Bir hafta davomida oltita chorrahada bir soat davomida 500 nafardan ortiq o‘quvchi bolalarni avtomobil yo‘llaridan o‘tishga ko‘maklashildi. 116 nafar xotin-qizlardan iborat telegram guruhi tashkil etilib, “Olmaliq KMK” AJda doimiy ko‘ngillilar, volontyorlar guruhi shakllantirildi.

1-dekabr - OITS ga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan "Har bir inson hayoti qimmatli, baxtingizni boy bermang!"  shiori ostida aksiyasi o‘tkazildi, ishchilarga OITSdan saqlanish bo‘yicha ogohlantiruvchi 1000 dona eslatmalar tarqatildi.

3-dekabr - xalqaro Nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan 200 nafar nogironligi bo‘lgan hamkasblarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, “Metallurg” MSda bayram tadbiri tashkil etildi va sovg‘alar ulashildi.

2-guruh nogironi, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi kasanachi tikuvchisi Dilrabo Polvonova OKMKda “Yilning eng matonatli ayoli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi va rahbariyat tomonidan taqdirlandi.

OKMK rahbariyatining tashabbusiga ko‘ra, Yangi yil bayrami munosabati bilan kombinatda mehnat qilayotgan xotin-qizlar va ishchilarning oilasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Birgalikda bayram qilamiz!” aksiyasida 100 nafar ehtiyojmand oilalarga mehr-muruvvat ko‘rsatildi.

O‘tgan yil davomida kombinat Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi tomonidan o‘tkazilgan 70 ga yaqin tadbirlarda 5000 mingga yaqin ayollar qamrab olindi.

Yig‘ilishda maslahat kengashlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomini yanada yaxshilash yuzasidan taklif va mulohazalar eshitildi.

Shuningdek, tadbir davomida 2025-yil uchun ish rejasi ham tasdiqlanib, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.

2024-yil mobaynida samarali faoliyat yuritgan kombinat tarkibiy bo‘linmalaridagi kengash raislari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Axborot xizmati

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu