Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda kadrlar siyosati: amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va galdagi ustuvor vazifalar

13 Iyul 2026, 10:14 152

Sanoat gigantlarining zafarlari ortida, shubhasiz, uning fidoyi va salohiyatli ishchi-xodimlari turadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish esa xodimlarga munosib mehnat sharoiti yaratish va sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash bilan uzviy bog‘liq. Aynan shu bois, OKMKda inson resurslarini to‘g‘ri boshqarish va ishchi-xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimi doimiy diqqat markazida.

Joriy yilning 8-iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ham aynan sohadagi amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini tahlil qilish va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olishga xizmat qildi.

“Olmaliq KMK” AJda kadrlar sohasida birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishida OKMK Markaziy apparat Inson resurslari (HR) departamenti boshlig‘i Sh.Dusimbetov, Maxfiy-tartibot bo‘limi boshlig‘i D.Xamzayev, Komplayens bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Xolxujayev hamda kombinatning kadrlar sohasida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida joriy yilning birinchi yarmida bajarilgan ishlar ko‘lami atroflicha ko‘rib chiqilib, muhokama etildi. Jumladan, xodimlarni salohiyatini oshirishga qaratilgan malaka oshirish dasturlari, shuningdek, motivasion muhitni mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar muhokama markazida bo‘ldi.

Yig‘ilish yakunida kombinatning kadrlar sohasida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar, xususan, inson resurslari faoliyatini yana-da takomillashtirish, zamonaviy boshqaruv vositalarini joriy etish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun: 2026-yilning birinchi yarim yilligi mobaynida Markaziy apparat Inson resurslari (HR) departamenti va ichki komissiyasi tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlar bo‘ycha jami 39 marotaba sinov jarayonlari o‘tkazilgan.

Jumladan, sinov jarayonlari “Olmaliq KMK” AJda o‘rnatilgan tartibga muvofiq www. agmk.uz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali berib boriladigan e’lonlarda nomzodlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnomalar tegishli malaka talablariga muvofiq saralangan. Nomzodlar o‘rtasida nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazilib, qabul jarayonlaridan muvvafaqiyatli o‘tgan 1004 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Shularning 261 nafarini oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, 560 nafarini texnikum bitiruvchilari tashkil etgan.

Bugungi kunga kelib kombinatda 36 dan ortiq turli millat vakillari kombinatda bir maqsad yo‘lida halol mehnat qilib kelishmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech