Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda kadrlar siyosati: yil sarhisobi va kelgusidagi ustuvor vazifalar

24 Dekabr 2025, 9:9 580

Joriy yilnig 19-dekabr kuni “Olmaliq KMK” AJda kadrlar sohasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2026-yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Inson resurslari (HR) departamenti boshlig‘i Sh.Do‘simbetov, Maxfiy-tartibot bo‘limi boshlig‘i D.Xamzayev, yuridik departmenti yuriskonsulti A.Aralov hamda 1-toifali yuristkonsulti S.Imanova, Inson resurslari (HR) departament mas’ul xodimlari, kombinat tarkibiy bo‘linmalari kadrlar byurosi, kadrlar bo‘limi boshliqlari hamda kadrlar bo‘yicha katta inspektorlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan Sh.Do‘simbetov kombinatda 2025-yil davomida kadrlar sohasida  amalga oshirilgan bir qator chora-tadbirlar bo‘yicha hisobot berib, 2025-yil holatiga ishga qabul jarayonlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etish maqsadida OKMKbo‘yicha 68 marotaba ishga qabul bo‘yicha sinov jarayonlari o‘tkazilib, ularda jami 1 750 nafar fuqarolar ishga qabul qilinganini ma’lum qildi. Shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan 1 458 nafar bitiruvchilarning bandligi ta’minlangani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda so‘z olgan D.Xamzayev alohida muhim va toifalangan obyektlarida xodimlar ishlashi uchun ruxsatnoma berish tartibi va asoslari bo‘yicha batafsil tushuntirib o‘tdi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda S.Imanova so‘zga chiqib, rasmiylashtirilayotgan mehnat shartnomasini bekor qilish hamda intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi buyruqlar loyihalarini tayyorlashda soha vakillari sinchikov bo‘lishlarini, yangi yoki o‘zgartirish kiritilgan qonunlardan doimiy ravishda xabardor bo‘lib borish lozimligini qayd etib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizda o‘tkazilishi kutilayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha qatnashchilarga batafsil tushuntirish berib o‘tildi. Jumladan, ro‘yxatga olish tadbiri doirasida davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashi nazarda tutilgani ta’kidlandi.

Tadbirda mas’ullar tomonidan kombinatda kadrlar sohasida 2026-yil uchun ustuvor vazifalar bo‘yicha ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech