Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Bosh oshpaz

21 Oktyabr 2025, 11:30 265

2025-yilning 21-oktyabrdan 24-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Jizzax viloyati “Zomin” tumani Duoba qishlog‘ida joylashgan dam olish maskaniga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyati:

  • Dam olish maskaniga ovqat tayyorlash texnologiyasiga muvofiq o'z vaqtida, xushxo`r taom tayyorlanishini ta'minlaydi;
  • Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri saqlash va o'z vaqtida ishlatish choralarini ko`radi;
  • SanQvaM 0016-21 ga muvofiq xom va pishgan mahsulotlarni gigienik qayta ishlashqoidalariga rioya qiladi;
  • Har bir kun uchun taomnoma tayyorlashda ishtirok etadi, omborchidan oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qiladi, to'g'ri saqlash va ularni sarflash uchun javobgarlikni oladi;Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda birlamchi va qayta termik ishlov berishni amalga oshiradi;
  • Oshxonadan tayyor ovqatni guruhlarga taqsimlash jadvaliga qat'iy rioya qiladi, tayyor ovqatni me’yorga  muvofiq guruhlarga;
  • Oshxonaning sanitariya me'yorlariga amal qilish, nazorat qilish va standartlarga muvofiq oshxona jihozlarining xavfsizligi va sozligini ta`minlash;
  • Ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
  • Oshxonaning sanitariya-epidemiologik rejimini va idishlarni qayta tozalashni nazorat qilish.

Talablar:

  • Ma'lumoti: oʻrta maxsus maʼlumot, oshpaz lavozimiga tegishli malaka yoki tegishli kurslar;
  • Ish tajribasi: oshpaz-kulinar (nonvoy) bo‘yicha kamida 1-yillik mehnat staji talab qilinadi.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Oshxona bo’limining, binoning, jihozlarning sanitariya rejimini;
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri saqlash va saqlash muddatini;
  • Xom va pishirilgan mahsulotlarga ishlov berish qoidalarini;
  • Kundalik ovqatni sarflash (brakeraj) qoidalarini;
  • Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, shaxsiy gigiyena, yong'in xavfsizlik qoidalari, SanQvaM normalarini;
  • Birinchi, ikkinchi, shirin taomlar va xamir mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasini;
  • Issiqlik bilan ishlov berish jarayonlarining rejimi va davomiyligini;
  • Xom mahsulotini me’yori, nisbati va ketma-ketligini qoidalarini.
  • Taomnoma tuzish;
  • Muomala madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech