• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Chodak kon boshqarmasi boʻsh ish oʻrinlari

11 May 2022, 17:50 9074

“Olmaliq KMK” AJ Chodak kon boshqarmasiga quyidagi boʻsh ish oʻrinlariga test jarayonlari tashkil etiladi. 

T.r.

Boʻsh ish oʻrini nomi

Talablar va shartlar

Malumoti

Ish staji

Malakaviy talablar

1

Yer osti uchastka elektromexanigi

Yoʻnalish boʻyicha oliy ma’lumoti

Yoʻnalish boʻyicha  injener-texnik rahbar lavozimida kamida 3 yil ish staji

Kommutatsion va kinematik chizmalarni oʻqiy olish bilimiga ega boʻlishi;  shaxsiy kompyuter, ofis texnikalari va multimedia jihozlaridan foydalana olish. Elektr xavfsizligi boʻyicha V-guruh kvalifikatsion malakasiga egaligini tasdiqlovchi guvohnomaga ega boʻlishi kerak. (Rezyumega diplom, mehnat daftarcha, guvohnoma nusxalarini ilova qilinsin). 

2

Shaxta geologi

Oliy ma’lumotli geolog  mutaxassisligiga ega bo’lish kerak

Geologiya ishlari sohasida kamida 3 yil tajribaga ega boʻlishi kerak

 Geologik jarayonlar, ular tarkibi va tuzilishini, geologik xarakterlarini o‘qiy olish va tuzish.Shaxsiy kompyuter foydalanuvchisi darajasida ishlash
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi kerak (Rezyumega diplom va mehnat daftarchasi nusxalari ilova qilinsin).                                       

3

Yordamchi ishchi

Oʻrta. So'rovnoma varaqasini taqdim etish

Ish staji talab etilmaydi

Qurilish sohasida asosiy tushunchalarga ega boʻlishi kerak

4

 Jixozlarni ta’mirlovchi navbatchi-elektrochilangar

Shu kasb boʻyicha oʻrta-maxsus ma’lumot

Ish staji talab etilmaydi

Elektr texnika asoslari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilishi. Elektroqurilmalar va elektr uskunalarini malakaviy ta’mirlay bilish, elektr sxemalarini oʻqiy olish, elektr apparatlarini montaj qilishni bilishi.Elektr xavfsizligi boʻyicha III-guruh kvalifikatsion malakasiga egaligini tasdiqlovchi guvohnomaga ega boʻlishi kerak   (Rezyumega diplom va  guvohnoma nusxalari ilova qilinsin).

5

Omborchi

Shu kasb boʻyicha oʻrta-maxsus ma’lumot

Ish staji talab etilmaydi

Tovar moddiy boyliklar hisobotini yurita bilish. Shaxsiy kompyuter foydalanuvchisi darajasida ishlash
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi kerak

6

Elektrik mashina elementlari o'rovchisi      (obmotchik)

shu kasb boʻyicha oʻrta-maxsus ma’lumot

ish staji talab etilmaydi

Elektrotexnika asoslari va iste’molchilar elektrqurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilishi. Elektroqurilmalar va elektr uskunalarini malakaviy taʻmirlay bilishi, elektr sxemalarini oʻqiy olishi, elektr apparatlarini montaj qilishni bilishi.  Elektr mashina elementlarini oʻrash, sxemasini olishi va elektr mashinalarini  sinovdan oʻtkazishni bilishi kerak. Elektr xavfsizligi boʻyicha III-guruh kvalifikatsion malakasiga egaligini tasdiqlovchi guvohnomaga ega boʻlishi kerak   (Rezyumega diplom va  guvohnoma nusxalari ilova qilinsin).

7

Lahim oʻtuvchi (proxodchik)

shu kasb boʻyicha oʻrta-maxsus ma’lumot,  guvohnomaga ega boʻlishi

Shu kasb boʻyicha bir yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlish

Yuklovchi mashinalar, elektrovoz va sidirgʻalash lebedkalarini boshqarishni bilishi. Yuklovchi mashina, elektrovoz va sidirgʻalash lebyodkalariga xizmat koʻrsatish huquqini berishni tasdiqlovchi guvohnomaga ega boʻlishi kerak.(Rezyumega diplom va mehnat daftarchasi, guvohnoma nusxalari ilova qilinsin).

8

Ishlab chiqarish xammom ishchisi

Oʻrta. Soʻrovnoma varaqasini taqdim etish

ish staji talab etilmaydi

Sanitariya - gigiena talablarini bilishi kerak

9

Elektromexanik EHM

shu kasb boʻyicha oʻrta-maxsus ma’lumot

ish staji talab etilmaydi

Kompyuter va pereferik  qurilmalar ishlatiladigan mikroelektronik bazaning asosini bilish. Dasturiy taʻminotni qoʻllash (prosessor testlari, elektron jadvallar, elektron pochta, Internet, axborot qidirish, tizimlar, multimediya qoʻshimchalari, brauzerlar). Hisoblash texnikalarini ta’mirlash va  xizmat koʻrsata olish.(Rezyumega diplom nusxasi ilova qilinsin).

 

DIQQAT!!! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon ma’lumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Ma’lumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga 2022-yil 11 maydan 14 may soat 17:00 gacha stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga yuboring, rezyumelarga mehnat daftarchalarni, guvohnomalarni biriktirish va soʻrovnomani toʻldirish lozim.

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar)): stop.corruption@agmk.uz .

Rezyumeni yuklab olish

Bo`lishmoq:
Text to speech