Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33"Olmaliq KMK" AJ
Aksiyadorlik jamiyati (AJ)
"Olmaliq KMK" AJ Ijro apparatining quyidagi bo'sh ish o'rinlari uchun rezyumelar qabul qilinadi:
1. Barqaror rivojlanish (ESG) bo‘limi boshlig‘i
Ta'lim: Barqaror rivojlanish, ekologiya, mehnat muhofazasi, iqtisodiyot, moliya, menejment va/yoki korporativ boshqaruv yunalishida oliy ma’lumotga ega bo’lish. Magistr darajasiga ega bo’lsa yahshi.
Loyiha boshqaruvi, ekologiya, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi sertifikatlarning mavjudligi.
Ingliz tilini yuqori darajada bilish.
GRI, SASB, TCFD barqaror rivojlanish bo’yicha hisobot standartlari, IIRC xalqaro integratsiyalashgan hisobot standarti, CSRD barqaror rivojlanish bo'yicha korporativ hisobot ko'rsatmalari va TNFD bilan bog'liq moliyaviy ma'lumotlarni tayorlash;
korhonaning manfaatdor tomonlari bilan uzaro hamkorlik (aloqa) qilish va AA1000 ijtimoiy hisoboti standartlari;
ISO 26000, ISO 14001, OHSAS 18001 ijtimoiy mas'uliyat sohasidagi standartlar;
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va BMTning Global kelishuv uchun standartlar va uslublar;
mahsulotlarning uglerod izini hisoblash tamoyillari va ma'lumotlarni yig'ishning tegishli shakllari, shuningdek, issiqxona gazlari emissiyasini 1,2,3 - doirasini hisoblash prinsiplari;
“yashil investitsiyalar”ni jalb qilish mexanizmlari;
Xarajatlarning byudjeti va baholash mexanizmlari va tamoyillari;
Barqaror rivojlanish sohasidagi ko'rsatkichlarni aniqlash, tahlil qilish, baholash va boshqarish usullari va mexanizmlari;
xavflarni aniqlash, risklarni boshqarish tizimini baholash usullari va mexanizmlari.
tog'-kon sanoatida ESG loyihalarini amalga oshirish bo'yicha kamida 3 yillik tajribasi;
ESG strategiyasini, shuningdek, uni amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqish tajribasi;
barqaror rivojlanishni sohasida boshqarish tizimlarini tashkil etish va joriy etish, barqaror rivojlanish sohasida ichki qoidalar, jarayonlar va metodologiyani ishlab chiqish bo’yicha bilimlarning mavjudligi;
boshqaruv tajribasi;
jamoada ishlash va murakkab vazifalarni taqsimlash qobiliyati;
analitik fikrlash, yuqori darajadagi mas'uliyat, yaxshi rivojlangan muloqot qobiliyatlari;
Stressga chidamlilik;
Muzokaralarni olib borish qobiliyati.
kombinat faoliyatida barqaror rivojlanish tizimini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish;
barqaror rivojlanish sohasidagi strategik maqsadlarni, ESG uchun ustuvor yo'nalishlarni va strategik loyihalarni belgilash;
BMTning ustuvor Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
barqaror rivojlanish bo'yicha asosiy faoliyat ko'rsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish va kelishish;
ilg‘or xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda iqlim strategiyasi, resurslarni tejash dasturlari, energiya tejash va energiya samaradorligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, issiqxona gazlari chiqindilarini 1,2,3 doirasida hisoblash;
barqaror rivojlanish sohasida xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni joriy etish, ularning bajarilishini monitoring qilish;
qisqa, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va dekarbonizatsiya loyihalari ("yashil loyihalar"), shuningdek, resurslarni tejash (energiya va suvni tejash) loyihalari boʻyicha takliflarni tayyorlash;
ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha ishlar va muzokaralar olib borish (BMTTD, ETTB, OTB va boshqa institutlar);
manfaatdor tomonlar bilan uzaro hamkorlik qilish tizimini yaratish, manfaatdor tomonlar xaritasi, ular bilan hamkorlik qilish siyosati, tartib tamoyillari va rejalarini ishlab chiqish;
ESG reytingini olish va yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
GRI, SASB xalqaro standartlari va boshqa xalqaro yoki sanoat standartlari, yo‘riqnoma hujjatlariga muvofiq barqaror rivojlanish sohasida davriy hisobotlarni tayyorlash;
korporativ veb-saytda barqaror rivojlanish bo'yicha dolzarb ma'lumotlarni taqdim etish, shuningdek, veb-saytda ESG kontentini to'ldirish, ESG - databookni joylashtirish;
Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish natijalari bo'yicha hisobotlar va materiallarni, shuningdek, boshqa umumlashtirilgan va tahliliy ma'lumotlarni tayyorlash;
barqaror rivojlanish faoliyati uchun byudjetni tayyorlash, shu jumladan xodimlarni o'qitish va tegishli sertifikatlarni olish.
O‘zbekiston Mehnat kodeksi va Jamoa shartnomasiga muvofiq raqobatbardosh ish haqi va ijtimoiy paket.
2. Strategiya va biznesni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i
Ta'lim: Ma'lumoti oliy iqtisodiyot, moliya, menejment va/yoki korporativ boshqaruv yunalishida. Loyiha boshqaruvi sohasidagi sertifikatlar, CFA sertifikatiga ega bo’lishi .
Ingliz tilini mukammal darajada bilish.
kon-metallurgiya sanoatining o'ziga xos xususiyatlari;
kompaniyaning strategik pozitsiyasini baholash usullari, strategik muammolar sohalarini aniqlash;
biznes jarayonlarini strategik, taktik va operativ boshqarishda samaradorlikni tahlil qilish usullari;
risklarni boshqarish tizimini baholash usullari, ularni oldini olish mexanizmlari;
bozorlar va mavjud hududlarni, istiqbolli segmentlarni, kompaniyaning faol rivojlanishi imkoniyatlarini tahlil qilish usullari.
tajribaga ega bo'lishi kerak:
Strategik sessiyalarni o'tkazish, strategiyani va uni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasinii ishlab chiqish boyicha kamida 3 yillik tajribaga ega bo’lish;
kon-metallurgiya sanoatida strategik loyihalarni joriy etish;
EPM darajasidagi tizimlar, muvozanatli ko'rsatkichlar tizimini joriy etish;
jamoaviy ishni tashkil etish va murakkab vazifalarni taqsimlash;
biznesni rivojlantirish strategiyasi, strategik rejalashtirishga oid me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
sifatlar: yuqori darajadagi mas'uliyat, stressga chidamlilik, muloqot qobiliyatlari yaxshi rivojlangan, muzokaralar olib borish qobiliyati.
strategik maqsadlar kontseptsiyasini rahbariyat bilan kelishish;
yangi biznes g'oyalar, strategik risklar, biznes modeli va eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda daromad oqimini aniqlash bo'yicha tadqiqotlarni va strategik sessiyalarni tashkil etish;
yangi biznes model asosida tashkiliy tuzilma va strategik aktivlarda zaruriy o'zgarishlarni aniqlash;
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini boshqarish (monitoring, baholash va sozlash), kompaniya ichida samarali aloqani tashkil etish;
strategik rivojlanish masalalari bo'yicha muvozonatli ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va asosiy faoliyat ko'rsatkichlari (KPI)ni kelishish;
kapitalning optimal tarkibi, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning maqbul manbalari va shakllarini aniqlash;
potentsial investitsiya loyihalarining investitsion jozibadorligini baholash;
ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha muzokaralar olib borish;
strategik rivojlanish tadbirlari uchun byudjetni tayyorlash, shu jumladan xodimlarni o'qitish va tegishli sertifikatlarni olish.
O‘zbekiston Mehnat kodeksi va Jamoa shartnomasiga muvofiq raqobatbardosh ish haqi va ijtimoiy paket.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini taʻminlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yilning 14-28 aprel kunlari quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon ma’lumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Ma’lumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi.
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .
Rezyume YUKLAB OLISH